Siyosat

Oʻzbekistonda prezident sayloviga qancha mablagʻ ajratiladi

© SputnikKak golosovali uzbekistantsы v Sankt-Peterburge na parlamentskix vыborax
Kak golosovali uzbekistantsы v Sankt-Peterburge na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Oʻzbekistonda prezident sayloviga jami 300 mlrd soʻm, har bir nomzodga esa 3 mlrd soʻmdan ajratiladi.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasining (MSK) navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.
Majlisning kun tartibidan prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini tasdiqlash, MSKning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga oid masalalar joy olgan.
“2021 yil uchun Oʻzbekiston davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonunga binoan joriy yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida Markaziy saylov komissiyasiga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdori 300 milliard soʻm etib belgilangan”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, xarajatlar smetasini shakllantirish va Moliya vazirligi bilan kelishishda prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida mablagʻ talab etiladigan barcha jihatlar hisobga olingan.
Kak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Jamiyat
Saylov kodeksiga oʻzgartirish kiritildi
Saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarni moliyalashtirish uchun yaʼni umumpartiyaviy tadbirlar va siyosiy partiya tomonidan koʻrsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va targʻibot ishlarini amlaga oshirish xarajatlari uchun – 15 milliard 486 million soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.
“Bunda har bir siyosiy partiya tomonidan koʻrsatilgan nomzod uchun 3 milliard 97 million soʻm toʻgʻri kelmoqda”, - dedi MSKning doimiy asosda ishlovchi aʼzosi Adham Ibodullayev.
Uning soʻzlariga koʻra, ajratilgan mablagʻlar aniq va manzilli sarflanishi qonunda belgilangan tartibda tegishli davlat idoralari tomonidan nazorat qilib boriladi. Shu bilan birga, saylov yakunida iqtisod qilingan mablagʻlar davlat byudjetiga qaytariladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala