Iqtisod

Parrandachilarga subsidiyalar va imtiyozlar beriladi

© Sputnik / Aleksandr KondratyukTsыplyata
Tsыplyata - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Asosiy faoliyati parrandachilik boʻlgan tadbirkorlar uchun ayrim soliq stavkalari 50 foiz miqdorida qoʻllaniladi.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021 yil 1 iyundan QQS toʻlovchisi boʻlgan parrandachilik xoʻjaliklariga – oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 soʻm hamda parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 1 000 soʻm miqdorida subsidiya ajratilishi belgilandi.
2025 yil 1 yanvarga qadar:
omuxta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subʼyektlariga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ajratiladigan 10 milliard soʻmgacha kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foizdan ortiq boʻlmagan qismi;
parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan 10 milliard soʻmgacha kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foizdan ortiq boʻlmagan qismi qoplab beriladi;
kushxona va muzlatkichlarni oʻz ichiga olgan parrandalarni soʻyishga moʻljallangan zamonaviy kompleksni ishga tushirgan tadbirkorlarga loyiha qiymati 40 milliard soʻmdan oshmaydigan qismining 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi.
Qarorga koʻra, parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 85 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ “Mikrokreditbank” ATBga yoʻnaltiriladi.
2021 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 iyulga qadar asosiy faoliyat turi parrandachilik boʻlgan tadbirkorlar uchun asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllaniladi.
2022 yil 1 iyulga qadar tuxum, parranda goʻshti va mahsulotlarini eksport qiluvchi hamda soya donini import qiluvchi tadbirkorlar (ularning vakolatli vakillari)ga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.
Korova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Iqtisod
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga subsidiyalar ajratiladi
Qarorga koʻra, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining parrandachilik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala