Migratsiya

Putin farmoni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya boʻldi – Kojenov

© SputnikKojenov Vadim, arxivnoye foto
Kojenov Vadim, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Migrantlar uyushmasi rahbari bu farmonni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya deb atadi.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Rossiya migrantlar federatsiyasi (RMF) rahbari Vadim Kojenov Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolangan yangi farmon chet elliklar uchun nimani anglatishini sodda tilda tushuntirib berdi.
Mer Moskvы S. Sobyanin prinyal uchastiye v otkrыtii zdaniya migratsionnogo tsentra - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Migratsiya
Rossiya IIV migrantlar toʻgʻrisida farmon yuzasidan sharh berdi
Kojenovning soʻzlariga koʻra, farmon avvalgilaridan farqli oʻlaroq, migrantlarning huquqlari belgilab qoʻyilgan bir qator normalarni oʻz ichiga oladi.
Migrantlar uyushmasi rahbari bu farmonni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya deb atadi.
"2021 yil 30 sentyabrgacha mamlakatdan chiqarib yuborish, deportatsiya qilish yoki kirishga taqiq toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinmaydi. Bu farmonda aniq koʻrsatilgan. Agar migrant ushlansa, jarima boʻladi. Ikkinchi masala: 30 sentyabrgacha oddiy shakldagi ariza bilan migratsiya boʻlimiga kelib, oʻz maqomini qonuniylashtirish mumkin", - deydi ekspert videomurojaatida.
Deportatsiya qilish taqiqlanganligi sababli, chet el fuqarosi, hatto Rossiyada koʻp yillar davomida noqonuniy yashagan boʻlsa ham unga jarima qogʻozi beriladi, ammo baribir migratsiya hisobiga qoʻyiladi, deydi Kojenov.
RMF rahbari barcha noqonuniy migrantlarni oʻz maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirdi, chunki, ehtimol, migrantlar uchun bunday yengillik uzoq davom etmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala