Siyosat

Putin va Bayden sammiti - onlayn-reportaj

© Sputnik / Mixail Mettsel / Fotobankka oʻtishVstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashish uchun Jenevaga kelmoqda. Muzokaralar La Granj villasida boʻlib oʻtadi
TOSHKENT, 16 iyun - Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bugun, 16 iyun kuni AQSH prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi.

Ayni vaqtda Putin prezidentlar uchrashuvi joyi etib tanlangan Jeneva koʻli yoqasidagi XVIII asr qasri boʻlmish La-Granj villasiga yetib kelgan.

Sal avval Kreml muzokaralar uch qismdan iborat boʻlishi haqida maʼlumot bergan edi: tor doiradagi va choy-qahvaga tanaffus bilan ikkita keng tarkibdagi uchrashuvlar.
Ilgariroq, tayyorgarlik jarayonidan boxabar manba RIA Novostiga uchrashuv 4 soatu 45 daqiqaga moʻljallangani haqida aytgan edi.
Rossiya yetakchisi matbuot-kotibi Dmitriy Peskov soʻzlariga koʻra, Rossiya va AQSH prezidentlari muzokaralar yakuniga koʻra qoʻshma hujjatlar qabul qilinishi yoki biror hujjat imzolanishi - davlat rahbarlarining qaroriga bogʻliq boʻladi, deya aytgan edi.
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Kolumnistlar
”Putin AQSH prezidenti boʻlsin!”: Gʻarb Rossiya rahbarining intervyusini muhokama qilmoqda
Jenevada boʻlib oʻtadigan Rossiya va AQSH sammiti tarixiy degan nomni ololmaydi, ushbu muzokaralardan ulkan natijalarni kutish kerak emas, ammo Vladimir Putin va Jo Bayden uchrashuvining boʻlib oʻtayotgani va prezidentlar muammolar haqida ochiq gapira boshlashlari oʻz-oʻzidan yutuqdir, dedi RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Putin Bayden bilan uchrashuv oldidan Shveytsariya prezidenti bilan suhbatlashdi

Putin Bayden bilan muzokara oʻtkaziladigan villaga yetib kelgach, Shveytsariya prezidenti Gi Parmelin bilan qoʻl berish koʻrishib, u bilan muloqot qilgan.

Jenevadagi La Granj villasida oʻtadigan muzokaralar

Rossiya va AQSH yetakchilarining birinchi sammiti Moskva vaqti bilan 14.00da boshlanadi va uch qismdan iborat boʻladi. Uchrashuvning birinchi qismi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSH davlat kotibi Entoni Blinken hamda tarjimonlar ishtirokini nazarda tutadi.
Posledniye prigotovleniya ko vstreche Putina i Baydena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Video
Putin va Bayden uchrashuvi: tarixiy villaning koʻrinishi - video
Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Lavrovdan tashqari, prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, davlat rahbari matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov, Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov va TIV rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkov oʻrin olgan. Shuningdek, prezident administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Dmitriy Kozak va prezidentning Suriya boʻyicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyevlar taklif etilgan.
Qoʻshma matbuot-anjumani rejalashtirilmagan, muzokaralardan soʻng har bir prezident jurnalistlar oldida alohida chiqish qiladi.

Putin va Bayden qoʻl berib koʻrishdi

Rossiya va AQSH prezidentlari 16 iyun kuni oʻtkaziladigan sammit oldidan qoʻl berib koʻrishdilar.
Muzokaralar boʻlib oʻtadigan La Granj villasiga birinchi boʻlib Putin kelgan. Bayden taxminan 12 daqiqadan soʻng unga hamrohlik qilgan. Shveytsariya prezidenti Gi Parmelen bilan suratga tushgach, ular bir biri bilan qoʻl berib koʻrishib, muzokaralar zaliga kirib ketishgan. Birinchi boʻlib AQSH prezidenti qoʻl uzatgan.
Bu Putin va Baydenning ilk uchrashuvidir.
Moskva vaqti bilan 15.51. "Vladimir Putin va Jo Baydenning tor doiradagi muzokaralari bir soatdan ortiq vaqt davom etmoqda", deb xabar qildi RIA Novostiga Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Bu orala Xillari klinton Putin va Bayden uchrashuviga izoh berdi

AQShning sobiq davlat kotibi va prezidentlik lavozimiga sobiq nomzod Xillari Klinton Jenevadagi sammitga baho berdi: AQSH prezidenti Jo Bayden RF prezidenti Vladimir Putinni kelgusidagi hamkorlik borasida ochiq muloqotga chaqirmoqda, dedi u MSNBCga bergan intervyusida.
"Bu safar hammasi qanday oʻylangan boʻlsa: tezkorlikda koʻrishish, birgalikda suratga tushmaslik, tezlikda ichkariga kirib ketishlari, hech qanday matbuot-anjumanining oʻtkazilmagani, - bularning barchasi biz kutayotgan narsalardan darak beradigan kuchli diplomatik signaldir. Biz ochiq, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kutyapmiz", - dedi Xillari Klinton.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SSHA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Foto
Putin va Bayden uchrashuvi - eng yorqin suratlar
Klinton Rossiya prezidenti Vladimir Putin katta yigirmatalik sammiti doirasida AQSH prezidenti Barak Obama bilan Meksikada oʻtkazilgan uchrashuvga 45 daqiqa kechikib kelgani holatini eslatib oʻtdi. "Bu vaziyatni qoʻlga olish uchun atayin qilingan edi", - deb hisoblaydi Klinton va bu safar Putinda bunday imkoniyat boʻlmaganini qoʻshimcha qiladi.
Klintonning soʻzlariga koʻra, Bayden ushbu uchrashuvga: "Vladimir, kel, kelgusida qanday harakat qilishimiz xususida gaplashib olaylik. Ayonki, biz sanktsiyalarni senga qarshi kiritgandik va agar bu holat seni toʻxtatmayotgan boʻlsa <…>, oqibatlari bundanda jiddiyroq boʻlishi mumkin", - deya tahlil qiladi vaziyatni Klinton.
Ayni vaqtda Jenevada Rossiya va AQSH tomonining ikki tomonlama kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvi yakun topdi, deb xabar bermoqda Bloomberg amerika administratsiyasi xodimiga tayangan holda.
CNN telekanali xabariga koʻra, Vladimir Putin va Jo Bayden oʻrtasidagi muzokaralar 3,5 soat davom etgan.
Amerika prezidenti jurnalistlar puli xabarida aytilishicha, kengaytirilgan muzokaralar oldinroq rejalashtirilgani kabi ikki emas, bitta sessiyadan iborat boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala