Kolumnistlar

”Putin AQSH prezidenti boʻlsin!”: Gʻarb Rossiya rahbarining intervyusini muhokama qilmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Amerika va yevropaliklar Putin intervyusini katta qiziqish bilan muhokama qilishmoqda va ularning aksariyati Rossiya prezidenti soʻzlarni maʼqullamoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning NBCga bergan intervyusi ikki kundan buyon dunyoda millionlab kishilarning qizgʻin muhokasiga sabab boʻlmoqda. Putin aytgan gaplari, uning iboralari internetni junbushga keltirdi, desak xato boʻlmaydi.
Vaholanki, Rossiya prezidenti dunyoning bugungi holatini oʻzgartirish uchun hech qanday yangi yoki revolyutsion gʻoyalar taklif qilgani yoʻq. Aslida soʻnggi vaqtda ommaga taqdim etilayotgan ana shunday “revolyutsion gʻoyalardan” dunyo biroz charchadi desak ham boʻladi. Axir bizga goh goʻshtdan voz kechishni, goh samolyotlarda uchmaslikni baʼzida negadir afroamerikaliklar oldida tiz choʻkishni taklif qilishmoqda. Putin jurnalist Kir Simmonsga haqiqatni aytdi xolos.
Bu hozirgi zamon uchun boshqalarga oʻxshamagan messej boʻldi. Anglosakson va butun dunyo boʻylab ularning ortidan ergashuvchi OAVlar – oʻz mushtariylarini yolgʻon, aldov, faktlarni yashirish va shunchaki feyk xabarlar bilan aldshmoqda-ki, Rossiya prezidenti tomonidan keltirilgan oddiy faktlar – misli kashfiyotdek qabul qilindi. Ular auditoriyada unutilmas taasurot qoldirdi.
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Rossiya
Putin Amerika telekanaliga katta intervyu berdi: asosiy iqtiboslar
Biz bu yerda u yoki bu gʻarbiy mamlakatning rasmiy OAVlari haqida gapirayotganimiz yoʻq. Ular oʻzlarining kundalik zerikarli xabarlarini berishda hamda Rossiya va uning rahbarini barcha gunohlarda ayblashda davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda bunday maqolalar minglab turli nuqtai nazarlarni bildiruvchi izohlar qoldirilmoqda.
Jeneva sammiti oldidan Bayden ham qator bayonotlar keltirdi. U yerda “inson huquqlari”, “demokratiya” va “qattiqqoʻl boʻlamiz” kabi soʻzlar uchradi. Lekin uzoq vaqtlardan beri takrorlanib kelayotgan ushbu soʻzlar hech kimga taʼsir qilmaydigan boʻlib qolgan. Ular bilan hech kimning ishi yoʻq, hech kim ularni muhokama qilmaydi. Putinning soʻzlari esa turli darajalardagi odamlarga darhol yetib bordi, majburlab singdirilayotgan shablonlar bir zumda chil parchin boʻldi.
“Men, bizning barcha masxaraboz maʼmuriyatimizdan koʻra, unga (Putinga) koʻproq ishonaman”, - deb yozadi nevadalik Daily Mail mushtariysi. “Unda nega Rossiyaga koʻchib ketmaysan” , deb unga eʼtiroz bildiradi boshqasi. “Bu yerda Putin tarafdolari soni bunchalik koʻp boʻlmasa”, - deb yozadi yana bir oʻquvchi. “Agar u senga yoqmasa, u notoʻgʻri gapirayapti degani emas”, - deydi yana biri. “Agar u boʻlganda hozir Amerikada sodir boʻlayotgan tartibsizlikka yoʻl qoʻymasdi”, - deb xulosa qiladi uchinchi oʻquvchi.
Bundan yaqqol koʻrinib turibdi-ki, Putinning soʻzlari “boshqaruv doiralari” uzra oshib oʻtib keng ommaga yetib borgan. Keng omma “Global isteblishment” insoniyatga “uqtirayotgan” yolgʻon toʻla rasmiyatchilik va Putinning oddiy haqiqati orasidagi katta tafovutni yaqqol sezdi.
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Siyosat
Putin va Bayden sammiti - onlayn-reportaj
Albatta, koʻpchillik uchun ushbu yagona intervyu “liberal OAV”lar tarqatayotgan dunyoning har bir qarichini qamrab olgan dezinformatsion matritsadan chiqib ketish uchun yetarli emas. CNN va Facebook kabi yirik auditoriyaga ega boʻlgan media gigantlari oʻz oʻquvchilari oldida quyidagi tasvirni chizishmoqda: oziq-ovqat va yebnzin qimmatlashmoqda, qarzlar koʻpaymoqda. Kim bunda aybdor? – Albatta ruslar!
Ushbu vahima xorijlik “internet jangchilari”ga oylab divandan tushmaslik va hech qanday foydali ish qilmaslik imkonini beradi. Haqiqiy aybdor aslida – seni hukumating. Agar ular buni tan olsa, divandan tushishi, koʻchaga chiqishi va biror ish qilishi kerak boʻladi. Lekin bu juda murakkab. Kerak emas.
Shuni uchun ular divanda oʻtirishda va oʻz qoʻrquvlari bilan “baham koʻrishishda” davom etishadi.
“Bu juda qoʻrqinchli intervyu”, - deydi deb izoh qoldirgan YouTubedagi NBC syujeti ostida bir foydalanuvchi. “Undan (Putindan) qoʻrqaman”, - deydi ikkinchisi. “Men ham qoʻrqaman”, - deb qoʻshimcha qiladi uchinchisi.
Ha, albatta birovni yovuzga chiqarish – “oʻqimishli” yevropaliklar va ularning ruhiy meʼrosxoʻrlari amerikaliklarga xos. Oʻrta asrlarda ham ularning ota-bobolari hamma aybni biror oʻzlari oʻylab topgan shayton yoki jodugarga toʻnkab, oʻz qoʻrquvlarini birgalikda “baham koʻrishardi”. Hozirgi Gʻarb ham ushbu “texnologiyalardan” ommani axmoq qilish uchun muvaffaqiyat bilan foydalanmoqda.
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Kolumnistlar
Bayden kimning qoʻgʻirchogʻi
Lekin auditoriyaning aksariyati Putin soʻzlarida “global isteblishment” bugun kirib qolgan boshi berk koʻchadan chiqishning toʻgʻri yoʻlini koʻrishdi. Putinning soʻzlari ayniqsa Tramp tarafdorlariga maʼqul keldi. Nafaqat amerikalik balkim butun dunyodagi Tramp muxlislari.
Putinning “AQShning sobiq prezidenti janob Tramp – oddiy inson emas, qobiliyatli” degan iborasini dunyoning deyarli barcha OAVlarida bosildi va sogʻlom millatchilikni qoʻllab-quvvatlaydigan va boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashishni istamaydigan koʻpchillikka maʼqul keldi.
Bu yerda gap shaxsan Tramp haqida ketmayapti. Oddiy amerikaliklar sobiq prezidentning izolyatsion siyosati AQShni mustahkamlashga va dunyoda tinchlik olib kelishiga ishonishar edi. Demokratlar butun dunyo boʻylab yoqayotgan axborot, iqtisodiy va madaniy urushlar nafaqat AQShni balkim butun dunyojagi buyuk davlatlarni tit-pit qilib yuborishi mumkin.
“Putin millatchi. U umumjahon hukumatini siz va biz kabi yomon koʻradi. Shunisi bilan ular bir-biriga oʻxshash – Putin va Tramp”, - deb vaziyatni oddiy soʻzlar bilan tushuntirib bergan amerikaning Breitbart sayti mushtariysi.
Oq tanli “liberal” amerikaga qarshilar Rossiyani juda yomon koʻrishadi, - deydi Daily Mailning amerikalik oʻquvchilaridan biri. — Eʼtibor bering, soʻnggi 5-6 yilda ular Rossiyani toʻxtovsiz hamma narsada ayblashmoqda. Ular saylovni ham yutqizishdi. Bunda ham Rossiyani ayblashdi. Bu eng uyatli va kulgili misol".
Muhokamalar davomida Baydenning “qotil” degan asossiz soʻzlarini ham esga olishdi va uni shunchaki mazax qilishdi. “Siz Misheldan soʻrang, qotilning xotini qanaqa boʻlishini”, deb yozadi Angliyaning Independent nashri oʻquvchisi. AQSH sobiq prezidentining har seshanba kuni uchuvchisiz apparatlardan turib tinch aholiga zarba berish haqidagi buyruqlariga shama qilib.
Jenщina slushayet vыstupleniye ministra inostrannыx del Kitaya Van I na forume Lantinga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2021
Kolumnistlar
Bayden Rossiyaning suiqasdga tayyorligini aniqlamoqchi
“Bu nimasi?” – deb hayron boʻldi Realclearpolitics oʻquvchilaridan biri. - Men NBC Klintonlardan ularga aloqador boʻlgan juda koʻplab sirli qotilliklar haqida soʻroqqa tutganini hech eslay olmayman”.
Kongressga 6 yanvar kuni uyushtirilgan hujumdan soʻng 450 kishi hibsga olingani haqidagi ibora – dunyo OAVlari uchun haqiqiy xitga aylandi. 15 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan amerikaliklar oʻzlarining qamoqqa hukm qilinayotgani – bu “siyosiy qarashlari uchun jazolash” emasmi?
Demokratiya choʻqqisida siyosiy dissidentlar jazolanayotgani va oʻldirilayotgani - koʻp yillar davomida ilk bor amerikaliklarni va umuman olgandan butun dunyoni ham oʻylantirib qoʻydi. Eshli Bebbit fojiali taqdiri bunga misol boʻlishi mumkin.
Rossiya rahbarining soʻzlariga umumjahon hamjamiyatining oʻta qiziqan, hayajonli reaktsiyasi nimadan darak beradi? Javob oddiy - Rossiya bugun global yirik davlatlar qatoridan oʻrin oldi. Shu sababli ham uning yetakchisining soʻzlari hamma uchun qiziq, hammani tashvishlantiradi.
Ayrimlar bizga iqtisodi rivojlanmagan, benzokolonka-davlat haqidagi yolgʻonlarni tiqishtirishmoqchi boʻlishadi, lekin bular hatto muhokama ыilishga ham arzimaydigan gaplar. Putin va Baydenning uchrashuvi zamonaviy siyosatning eng muhim voqeasiga aylandi. Bu haqida millionlab odamlar gapirmoqda, muhokama qilmoqda. “Putin va Si – bugungi kunda dunyoning eng kuchli rahbarlari”, - deydi Nyu-Yorkliy foydalanuvchi. — Bayden ikkinchi skripkani chalmoqda".
Bayden faoliyati haqida ijtimoiy tarmoqlarda keltirilayotgan koʻplab tanqidiy va haqoratli soʻzlar oʻrniga AQShning Sent-Luisidan bir komentatorning soʻzlarini keltiramiz: "Men Bayden va Xarris oʻrniga Putinni xoxlagan boʻlarmidim? – Ha, istalgan vaqtda!".
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala