Jamiyat

Qirgʻiziston elektr energiya ishlab chiqarish uchun Oʻzbekistonga suv yetkazib bermoqda - video

© Press-slujba pravitelstva / Sabыr AilchiyevToktogulskaya GES v Kыrgыstane
Toktogulskaya GES v Kыrgыstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Qirgʻiziston kelishuvga muvofiq qarzga olingan elektr energiyasini Oʻzbekistonga qaytarmoqda.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Qirgʻiziston kelishuvga muvofiq qarzga olingan elektr energiyasini Oʻzbekistonga qaytarmoqda. Qoʻshni respublika elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ishlatilgan suvni ham oladi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston Qirgʻizistonni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi, Qirgʻiziston esa yozda qarzni qaytaradi. 1 sentyabrdan boshlab GES yana yigʻish rejimiga oʻtadi. Hozir Toktogul GESda 10,8 milliard m³ suv bor.
Linii elektroperedachi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Iqtisod
Qirgʻiziston Oʻzbekistondan elektr energiyasini import qilmoqchi
Kelishuvlarga asosan 2021 yil martidan noyabrigacha Qozogʻiston Qirgʻizistonga 900 million kilovatt soatgacha, shu yilning martidan 2022 yil apreligacha Oʻzbekiston esa 750 million kilovatt soatgacha elektr energiyasini yetkazib beradi.
Qirgʻiziston uch yil (2021-2023) davomida qoʻshni respublikalarga 550 million kilovatt-soat ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan miqdorda suv yetkazib beradi: Qozogʻistonga - 300 million, Oʻzbekistonga - 250 million.
Joriy yilning mart oyidan may oyigacha elektr energiyasi almashinuvi doirasida ikki qoʻshni respublikadan Qirgʻizistonga 675,9 million kilovatt-soat import qilingan: Qozogʻistondan - 419,8 million, Oʻzbekistondan - 256,1 million.
1 iyundan kelishuvlarga binoan Qozogʻiston va Oʻzbekistonga elektr energiyasini qaytarish boshlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala