Dunyoda

Rossiya va Xitoy Oyda stantsiya qurish rejasini taqdim etdi

Poverxnost Lunы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Moskva va Pekin Oy orbitasi va sathida eksperimental-tadqiqot vositalari majmuasini qurishni rejalashtirmoqda.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Rossiya va Xitoy Sankt-Peterburgdagi konferentsiyada Oyda Xalqaro ilmiy stantsiya qurish yoʻl xaritasini taqdim etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Moskva va Pekin Oy orbitasi va sathida eksperimental-tadqiqot vositalari majmuasini qurishni rejalashtirmoqda.
Zvezdы s borta MKS  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2020
Dunyoda
Roskosmos Trampning Oy zaxiralarini oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi farmonini tajovuzkor deb topdi
Loyihani uch bosqichda amalga oshirish moʻljallangan. 2021 yildan 2025 yilgacha hududlar qidirib topish rejaga kiritilgan. Bu davrda uchta Rossiya va uchta Xitoy avtomatik stantsiyalari ishi yoʻlga qoʻyiladi.
Soʻngra qurish ishlari boshlanadi. Buning uchun "Luna-28" va "Chanʼe-8" avtomatik stantsiyalari ishga tushiriladi, undan keyin uchta Rossiya va uchta Xitoy raketalari yordamida infratuzilmani tashkil etish koʻzlanmoqda.
Uchinchi bosqich stantsiyaning toʻlaqonli ishga tushishi boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala