Migratsiya

Migrantlarni Rossiyaga vagonlab olib kirish taklif etildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishPribыtiye poyezda Tashkent-Moskva
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Rossiyaga migrantlarni charter poyezd reyslarida olib kirish taklif etilmoqda.
TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. Rossiya qishloq xoʻjaligi vazirligi mehnat migrantlarini mamlakatga kiritishning yangi usuli ustida ish olib bormoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston "Kommersantʼ"ga tayangan holda.
Rossiya temir yoʻllari bilan birgalikda mavsumiy ishchilarni olib kirish uchun charter poyezdlar qatnovini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Analitika
Maqomingizni qonuniylashtiring: Rossiyaga migrantlar kerak
Bunday chora tadbirlar qishloq xoʻjaligi sohasini ish kuchi bilan taʼminlash uchun zarur. Rossiya agrosanoati jami 38 mingdan ziyod migrantlarga ehtiyoj sezmoqda.
RF Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumotiga koʻra, ayni vaqtda migrantlar mamlakatga faqatgina samolyotda kirib kelishlari mumkin va bu holat ularning transportirovkasi xarajatlarni oshirmoqda.
Agar bugun bir nafar mehnat muhojirining Rossiyaga samolyotda kirib kelishi 80 ming rublga tushayotgan boʻlsa, poyezd yordamida kirib kelish bu raqamni 12 minggacha kamaytirishi mumkin. Temir yoʻl transporti orqali ishchilarni tashishni tashkillashtirish ish beruvchilarga mehnat rezervlarini qidirish masalasini sezilarli yengillashtirishi kerak.
Grajdane Uzbekistana v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Migratsiya
Yaqinda 7 mingga yaqin migrant Moskvaga keladi, koʻpchiligi - Oʻzbekistondan
Migrantlar qishloq xoʻjaligi ishlarining bir qismini oʻtkazib yuborishgan, ammo iyul oyi oʻrtalaridan boshlab hosil yigʻish mavsumi faollashadi va oʻshanda xoʻjaliklarga terimchilar, sortirovshchiklar va boshqa ishchilar kerak boʻladi.
Rossiya temir yoʻllarining maʼlum qilishicha, agar ushbu tashuvlarni amalga oshirishga buyurtmachi topiladigan boʻlsa tashkilot Rossiyada ishlash uchun chet el fuqarolarini tashishni amalga oshirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala