Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda korruptsiya oʻtgan yilgiga nisbatan 2 barobarga oshgan

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPeredacha portfelya iz ruk v ruki
Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
2021 yilning 5 oyi davomida Qoraqalpogʻistondagi 92 nafar turli darajadagi mansabdor shaxslar fuqaro korruptsiya bilan bogʻliq turli jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan
TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. 2021 yil 18 iyun kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Senat matbuot-xizmati.
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Jamiyat
Aholining 83 foizidan ziyodi Oʻzbekistonda korruptsiya bor deb hisoblaydi – soʻrov natijalari
Qoraqalpogʻistonda korruptsion va mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2020 yilda 90 tani tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2021 yilning atigi 5 oyi davomida 97 tani tashkil qilib, oʻtgan yilga nisbatan 2 barobarga oshgan.
Qayd etish joizki, 2021 yilning 5 oyi davomida Qoraqalpogʻistondagi 92 nafar turli darajadagi mansabdor shaxslar (2020 yilda 54) , 20 nafar soha xodimlari (2020 yilda 17ta) 13 (2020 yilda 31) nafar fuqaro korruptsiya bilan bogʻliq turli jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Majlisda idoralar faoliyatining moliyaviy natijalarini ochib beradigan, korruptsiyaga qarshi choralarni oshkor etishni taʼminlaydigan mexanizmlarni joriy etish boʻyicha ichki nazorat va ichki auditni yoʻlga qoʻyishni taʼminlash, davlat organlari xodimlari oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish kabi taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala