Siyosat

Rossiyaga qarshi gibrid urush olib borilmoqda - Lavrov

© MID RFMinistr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya va Belarusga chetdan bosim oʻtkazilayotgani haqida bayonot qildi
TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva va Minskka chetdan bosim oʻtkazilayotganini aytdi. Lavrovning aytishicha, bu ikki davlatga qarshi gibrid urush olib borilmoqda.
Rossiya Tergov Qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrыkin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2016
Siyosat
AQShning Rossiyaga qarshi “gibrid urushi” ochiq bosqichga oʻtdi
"Biz oʻta murakkab sharoitlarda hamkorligimizni rivojlantirayotganimizni aytgan edi: ikkala davlatga ham noqonuniy, biryoqlama jilovlash instrumentlaridan foydalangan holda chetdan jiddiy bosim oʻtkazilmoqda", - deb xabar qildi belaruslik hamkasbi Vladimir Makey bilan qoʻshma matbuot-anjumanida Sergey Lavrov.
"Bizga qarshi gibrid urush usullarini qoʻllashayotganini sezmoqdamiz: bu biryoqlama sanktsiyalardan tortib, nopok axborot kampaniyalarida oʻz aksini topmoqda, siz bularning barchasi qanday roʻy berayotganini bilasiz, faktlarni keltirib oʻtirmayman, chunki bu barchaga yaxshi maʼlum", - deb qoʻshimcha qildi Lavrov.
"Gʻarbdagi hamkasblarimizning bunday ochiqchasiga tajovuzkorligini hisobga olgan holda biz Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasining davlat suverenitetini mustahkamlash va mamlakatlarimiz milliy xavfsizligini taʼminlash maqsadida mavjud xalqaro huquqiy shartnomalar asosida birgalikdagi saʼy-harakatlarimizni muvofiqlashtirishga kelishib oldik", - deya taʼkidladi Lavrov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala