Hodisalar

Andijonda haydovchi YPX xodimini “Spark” kapotida "sayr qildirdi"

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDPS na postu
DPS na postu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2021
YPX xodimi “Spark” haydovchisiga toʻxtash ishorasini koʻrsatishiga qaramasdan, u xodimning ustiga avtomobilni boshqargan.
TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Andijon shahrida haydovchi kapotida YPX xodimini 50-60 metr masofaga sudrab bordi. Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 19 iyun kuni soat 19:30 larda Bobur shoh koʻchasida roʻy bergan. “Spark” haydovchisi YPX xodimi B.K.ning toʻxtash ishorasiga boʻysunmasdan, harakatda davom etgan. YPX xodimi aloqa vositasi yordamida oʻzidan keyingi xodimga avtomobil maʼlumotlarini yetkazgan.
VAZ 2106 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Hodisalar
Toshkentda mashina kapotida sayr qilgan “IIO xodimi”ga chora koʻrildi
YPX xodimi I.B. “Spark” haydovchisiga toʻxtash ishorasini koʻrsatishiga qaramasdan, u xodimning ustiga avtomobilni boshqargan. Avtomobil kapotiga osilib qolgan xodim taxminan 50-60 metr masofadan soʻng tushib qolgan.
Haydovchi harakatini davom ettirib, hodisa joyidan ketib qolgan. YPX xodimi holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB YHXB boshligʻiga maʼlum qilgan. Mazkur holat natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.
Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala