Jamiyat

Samarqand shahrida 130 ta koʻcha nomlari oʻzgartiriladi

© Sputnik / StringerPerekrыto dvijeniye odnoy iz tsentralnыx ulits Samarkanda. Uzbekistan
Perekrыto dvijeniye odnoy iz tsentralnыx ulits Samarkanda. Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Ekspertiza xulosalari asosida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari qarorlarini chiqarish uchun tegishli mutasaddilarga yuborilgan.
TOSHKENT, 21 iyun - Sputnik. Samarqand shahridagi nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 130 ta koʻcha oʻzgartiriladi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.
Toponimik obʼyektlarni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obʼyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni boʻyicha amalga oshiriladi.
Qonunning 4-moddasiga asosan koʻchalar, shohkoʻchalar, mahallalar, maydonlar, bogʻlar va aholi punktlarining tarkibiy qismlariga ayrim odamlar, jamoat arboblari, siyosiy arboblar ism-sharifini berishga qoida tariqasida yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻzbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar bundan mustasno.
Uktam Barnoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Jamiyat
Buxorodagi koʻchalardan biriga Oʻktam Barnoyev nomi berildi
Ushbu moddaga tayangan holda joriy yilning 6 oyi davomida viloyatda geografik obʼyektlarni nomlash va qayta nomlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Narpay tumanida nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 16 ta aholi punkti, 949 ta koʻcha, 2 ta ziyoratgoh, 96 ta qabriston nomlari, Jomboy tumanida 225 ta koʻcha nomlari, Urgut tumanida 13 ta yangi mahallalar, Nurobod tumanida 1 ta yangi aholi punkti, 99 ta koʻcha nomlari ekspertizadan oʻtkazilib, xalq deputatlari viloyat hamda tuman Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlandi va davlat reyestri bazasiga kiritish uchun yuborildi.
Bundan tashqari, Samarqand shahridagi nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 130 ta koʻcha, Kattaqoʻrgʻon shahrida nomsiz 68 ta koʻcha, Toyloq tumanida 49 ta koʻcha, 18 ta qabriston nomlari, Oqdaryo tumanida 10 ta koʻcha, Ishtixon tumanida 632 ta koʻcha, Qoʻshrabot tumanida 33 ta koʻcha, Urgut tumanida 10 ta koʻcha, Bulungʻur tumanida 1 ta mahalla, 4 ta aholi punkti, 484 ta koʻcha, 36 ta qabriston, 2 ta maydon, 4 ta ziyoratgoh nomlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligining 2021 yil 16 iyundagi 08-02883-sonli ekspertiza xulosalari olindi.
Ekspertiza xulosalari asosida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari qarorlarini chiqarish uchun tegishli mutasaddilarga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala