Hodisalar

Toshkentda Janubiy Koreya fuqarosi oʻz vatandoshini pichoqlab oʻldirdi

© CC0 / Unsplash / Bill OxfordNaruchniki. Illyustrativnoye foto
Naruchniki. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Janubiy Koreya fuqarosi oʻzining tanishi - "Taekwondo WTF" murabbiyi boʻlgan 39 yashar K.Jga pichoq bilan ogʻir tan jarohatlarini yetkazgan.
TOSHKENT, 21 iyun - Sputnik. Toshkentda Janubiy Koreya fuqarosi oʻz vatandoshi, "Taekwondo WTF" uyushmasi murabbiyini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Fojia 15 iyun kunni tong sahar Chilonzor tumanida yuz bergan.
44 yashar janubiy koreyalik K.D., oʻta mast holda vatandoshi bilan janjallashib qolib, mojaro oqibatida "Taekwondo WTF" murabbiyi boʻlgan tanishi 39 yashar K.Jga pichoq bilan ogʻir tan jarohatlarini yetkazgan.
Utrenniy tuman vo Vladivostoke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
Jamiyat
Toshkentda shar sotuvchi joy talashib, oʻz raqibini pichoqladi
Jabrdiyda kasalxonaga olib borilgan, ammo tibbiyot xodimlari urinishlariga qaramasdan ertasi kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-modda (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi erkak qoʻlga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala