Dunyoda

Filippin prezidenti emlanishga qarshilarni choʻchqa vaktsinasi bilan qoʻrqitdi

© AP Photo / Bullit MarquezPrezident Filippin Rodrigo Duterte s vintovkoy "Galil"
Prezident Filippin Rodrigo Duterte s vintovkoy Galil - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Faqat ahmoq odamlargina vaktsina olishni istamasligi mumkin, deb hisoblaydi Filippin prezidenti.
TOSHKENT, 22 iyun - Sputnik. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte COVID-19 infektsiyasini yuqtirayotganlar soni ortib borayotgan bir vaqtda vaktsina olishni istamaydiganlarni qamoqqa tiqish vaʼdasini berdi.
Bu haqda Aljazeera.com nashri xabar bergan, deb yozadi RIA Novosti.
Rodrigo Duterte - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2016
Dunyoda
Filippin prezidenti jinoyatchilarni shaxsan oʻzi oʻldirganini aytdi
"Agar sen vaktsina olishni istamayotgan boʻlsang, men seni qoʻlga olaman va emlayman. Sizlar ziyonkorsizlar... Agar siz vaktsina olmas ekansiz, Filippinni tark eting. Hindistongami yoki Amerikagami keting. Men ichki ishlar vazirligi va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish idoralariga vaktsina olishdan bosh tortayotgan odamlar roʻyxatini shakllantirish buyrugʻini beraman", - degan davlat yetakchisi.
"Faqat ahmoq odamlargina" vaktsina olishni istamasligi mumkin, deb qoʻshimcha qilgan Duterte.
"Ey, vaktsina olishni istamayotgan odamlar, men sizlarga choʻchqa vaktsinasini kiritaman. Bu virusni ham, sizni ham aniq oʻldiradi",- deb qoʻrqitgan Duterte.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala