Kolumnistlar

Ikkinchi jahon urushining afsona va asotirlari

© AFP 2018 / John MacdougallProyektsiya s nadpisyu «Spasibo» na russkom, angliyskom, frantsuzskom i nemetskom yazыkax, Berlin
Proyektsiya s nadpisyu «Spasibo» na russkom, angliyskom, frantsuzskom i nemetskom yazыkax, Berlin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
1945 yildagi gʻalaba - koʻp millatli va birlashgan sovet xalqining buyuk qahramonligi natijasidir, uni Gʻarbda buzib koʻrsatishning yoki sobiq ittifoq hududida "milliy kvartiralarga" taqsimlashning iloji yoʻq.
Ikkinchi Jahon urushi sayyoramizning koʻplab mintaqalarida son-sanoqsiz frontlar, buyuk janglar va mashhur qoʻmondonlarga ega edi, biroq, Qizil Armiya gitler Germaniyasi qurolli kuchlarini - barcha ittifoqchilarni qoʻshib hisoblaganda - uch barobar koʻproq "yanchgan" va bu bilan german va yapon militarizmi ustidan qozonilgan gʻalabaga asosiy hissani qoʻshgan.
Amerikanskiye voyennыe na ulitsax razrushennoy Xirosimы posle atomnыx bombardirovok, Yaponiya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Analitika
Ikkinchi jahon urushi boshlanishi uchun kim "pul tikkan". Maxfiy hujjatlar oshkor boʻldi
1945 yildagi gʻalaba - koʻp millatli va birlashgan sovet xalqining buyuk qahramonligidir, uni Gʻarbda buzib koʻrsatishning yoki sobiq ittifoq hududida "milliy kvartiralarga" boʻlib tashlashning iloji yoʻq.
Ikkinchi jahon urushi 1939 yilning 1 sentyabridan 1945 yilning 2 sentyabriga qadar davom etgan. Unda umumiy aholi soni 1,7 milliard insonni tashkil etgan 57ta mamlakat qatnashgan.
Shunday boʻlsa-da, urush yakuni 1941 yilning 22 iyunida – fashist Germaniyasining SSSRga hujumi kuni aniqlangan edi.
Ikkinchi jahon urushi turli mamlakatlarda 55 million kishining hayotiga zomin boʻldi. Sovet Ittifoqi 27 millionga yaqin odamni yoʻqotdi (tarixchilar tomonidan soʻnggi raqamlar aniqlanmagan), ularning aksariyati tinch aholi boʻlgan. Qizil armiyaning abadiy qoʻldan ketgan yoʻqotishlari (RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi maʼlumotlariga koʻra) deyarli 12 million kishini tashkil etdi, 6 million 885 ming halok boʻlganlar va 4 million 559 ming bedarak yoʻqolgan va mahbuslar shular jumlasidan.
Ittifoqchilarning yoʻqotishlari bilan mutlaqo taqqoslab boʻlmaydigan bu ulkan qurbonliklar Sovet xalqi Gitler ekspansiyasining eng qatʼiyatli va murosasiz raqibi boʻlganidan dalolat beradi. “Sharqiy front” Ikkinchi jahon urushining asosiy maydoniga aylandi. Hal qiluvchi maqomga amerika-ingliz qoʻshinlarining Normandiyaga tashlanishi yoki Arden operatsiyasi emas, balki Moskva, Stalingrad va Kursk dugasidagi janglar ega boʻldi.
Putin Lukashenko bilan birgalikda Rjev yaqinida Sovet soldati memorialini ochdilar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2020
Video
Umumiy gʻalaba ramzi: Rjev yaqinida sovet soldati xotirasiga yodgorlik ochildi — video
Nemis tarixchilari hisob-kitobiga koʻra, Ikkinchi jahon urushida 5,2 million nemis askarlari va 1,2 million tinch aholi halok boʻlgan. Harbiy xizmatchilar va fuqarolar orasidagi yoʻqotishlarning teskari proportsiyasi Qizil armiya tizimli quldorlik ishlari yoki asir tushgan Germaniya va Yaponiya aholisini yoʻq qilish bilan shugʻullanmaganini (nemislar Sharqiy Yevropada va yaponlar Xitoyda yoʻl qoʻygani singari), balki Yevropani fashizmdan qutqargani bilan izohlanadi.
AQSH va Yaponiyaning Tinch okeani frontidagi yoʻqotishlari beqiyos. Ikkinchi Jahon Urushida Qoʻshma Shtatlar atigi 248 ming askarni yoʻqotdi - bu 2020-2021 yillarda koronavirus pandemiyasidan vafot etgan amerikaliklar sonidan ikki marta kam. Yaponlar bir necha yil ichida 467 ming kishini yoʻqotdi – SSSR Polshani ozod qilish paytida 477 ming askarni boy bergan.
Vodrujeniye znamen Krasnoy armii nad Reyxstagom dostupno v formate VR-rekonstruktsii   - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2020
Jamiyat
Har oʻninchi amerikalik Ikkinchi Jahon urushida AQSH Rossiyaga qarshi urush qilgan deb hisoblaydi
Eng taajjublisi, oradan 75 yil oʻtib yaponlarda Ikkinchi jahon urushining "oʻz" tarixi paydo boʻldi va bu tarixda ular oʻzlarini agressor emas, balki “vaziyat” va nodoʻstona qoʻshnichilik “qurboni” sifatida koʻrishmoqda.
Maktab darsliklaridan Xalxil-Goldagi jang, Uchta sovet frontining Kvantun armiyasiga qarshi Manjuriyadagi hujum operatsiyasi ham gʻoyib boʻlgan. Shuningdek, Moʻgʻuliston darsliklarida ham ushbu tarixiy maʼlumot yoʻqotilgani ayni haqiqat.

MDH maydoni korroziyasi

Baʼzi sobiq sovet respublikalari - xususan, Ukraina, Latviya, Litva, Estoniya – ashaddiy millatchilik yoʻlini tutdilar va "oʻzlarining" tarixlarini oʻzgartirib yozishni boshladilar. Haqiqiy urush qahramonlari oʻrnini bosqinchilarga xizmat qilib, oʻz xalqining qonini toʻkkan, Belarus, Ukraina va Polsha qishloqlarini yoqib yuborgan - kollaboratsionistlar, Banderachilar, "oʻrmon birodarlari" egalladi.
Zdaniye Nyurnbergskogo Dvortsa yustitsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.11.2020
Fyurerning sevimli shahri. Nega natsistlar ustidan sud aynan Nyurnbergda oʻtgan
Litvada har yili neo-natsizm mazmunidagi tantanali tadbirlar oʻtkaziladi: Xolokost ishtirokchisi Yonas Misyunasga bagʻishlangan "Yashil iblis yoʻllari boʻylab" aktsiyasida 2000 ga qadar odam qatnashadi. Estoniya har yili estoniyalik SSchilar - 1944 yil iyul oyida Qizil Armiya tomonidan yoʻq qilingan 20- grenader diviziyasi Waffen SS aʼzolari xotirasiga hurmat bajo keltiradi. Latviyada ham Waffen SS ning 15 va 19-boʻlimlarining legionerlarini surbetlarcha qahramon darajasiga koʻtarishadi, ularni "Latviya xalqi va davlatining gʻururi" deb atashadi – Riga markazida Waffen SS diviziyasi askarlari sharafiga tashkillashtiriladigan marshlar respublika ijtimoiy va siyosiy hayotining bir qismiga aylanib ulgurgan (bu SSni jinoiy tashkilot deb eʼlon qilgan Xalqaro Nyurnberg harbiy tribunalining qaroriga zid ravishda oʻtkaziladi).
Neonatsistik kayfiyatlar Ukrainada tobora avj olmoqda. Oliy Rada - ukraina millatchilik harakati yetakchisi Stepan Bandera tugʻilgani kunini bayram kuni sifatida eʼlon qildi. Ukraina himoyachilari bayrami sifatida esa (14 oktyabr) Ukraina isyonchilar armiyasi tashkil topgan kun belgilangan. “Dekommunizatsiya” shiori ostida SSSR shavkatli oʻtmishi va sovet xalqining umumiy tarixiga qarshi urush keng avj olgan.
Lider Kembridjskoy pyatyorki Kim Filbi. 1955 god  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2020
Analitika
"Kembrij beshligi" banderachilarni ovlashda qanday yordam bergan
Shu tariqa, Kiyevda fashizm xaloskorlari va bosqinchilar hamtovoqlari, oʻz xalqining kallakesarlari oʻrtasida tenglik belgisini qoʻyishmoqda, buyogʻiga – onglar chalkashib ketadi.
Yaqinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "tarixiy" bayonot bilan chiqdi: Polsha Osventsimidagi kontslagerni 100-Lvov diviziyasi, yaʼni "ukrainlar" ozod qilgan emish. Va umuman, Yevropani fashizmdan "Ukraina frontlari" ozod etgan.
Osventsimga hali qaytamiz. Avvalroq, Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk (Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida) Rossiya Ikkinchi Jahon urushi tarixini "qayta yozishga urinayotganini" aytgan edi: "Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzkorligi– bu dunyo tartiboti va Yevropadagi tartibga qarshi hujumdir. SSSRning Germaniya va Ukrainaga bostirib kirganini hammamiz yaxshi eslaymiz. Biz bunga yoʻl qoʻymasligimiz kerak".
Afsuski, Belarus Respublikasida, oliy darajada Ulugʻ Vatan urushi "bizning urush emas” degan bayonotlar uchrab turadi, garchi aynan shu respublika SSSR tarkibida eng qahramon va partizan boʻlib chiqqan boʻlsada.
Xalqlarning muqaddas xotirasini himoya qilar ekan, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ilgariroq MDH mamlakatlaridagi hamkasblarini sobiq SSSR xalqlarining umumiy harbiy tarixini qayta yozishga, Ulugʻ Vatan urushi voqealarini buzib koʻrsatishga va unda yutganlarni yutqazuvchilarga oʻxshatib koʻrsatishga urinayotganlarga qarshi turishga chaqirgan edi.

Gʻarb vektori

Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer oʻtgan hafta Berlinda Germaniyaning 80 yil oldin Sovet Ittifoqiga hujumi haqida nutq soʻzladi. Shtaynmayer Germaniyani Sharqiy Yevropada Ikkinchi Jahon urushi paytida sodir etilgan jinoyatlarni hamisha yodda tutishga chaqirdi. U shunday dedi: "Jinoiy tajovuz urushi Vermaxt formasini kiygan boʻlgan. Vahshiyliklarda vermaxt askarlari ham qatnashgan." Va u "nemis vahshiyligi" ni ifodalovchi joylarni sanab oʻtdi: "1942 yildan 1944 yilgacha kamida 60 ming kishi oʻldirilgan Minsk yaqinidagi Maliy Trostetsni Germaniyada biladiganlar bormi? Bitmas-tuganmas urushdan soʻng Qizil Armiya bir milliondan ziyod qurbonlar va jabrlanganlarni sanagan Moskva yaqinidagi Rjev shahrinichi?".
Uzniki kontsentratsionnogo lagerya Osventsim, osvobojdennыe voyskami Krasnoy armii v yanvare 1945 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2020
Analitika
AQSH Osventsim qurbonlari va xaloskorlariga sariq chaqaga teng soxtani yubordi
Bu hurmatga loyiq pozitsiya. Axir Gʻarbda boshqa talqindagi tarixiy maʼlumotlar tez-tez tarqatiladi. Masalan, yanvar oyida Germaniyaning Der Spiegel jurnali amerikaliklar tomonidan "Aushvits-Birkenau" (Osventsim) kontslagerini ozod qilganligi toʻgʻrisida dezinformatsiyani eʼlon qildi. Koʻplab tanqidlardan soʻng, nashr "xato" qilinganligini, maqolaga tuzatish kiritilganligini eʼlon qildi, chunki kontslager Qizil Armiya tomonidan 1945 yilning 27 yanvarida ozod qilingan edi.
Bunday xatolar tizimli xarakterga ega ekanligini payqash mumkin. Avvalroq Polsha tashqi ishlar vaziri Gjegoj Sxetыna polsha radiosi efirida eng yirik natsistlar kontslageri Osventsimni ukrainaliklar ozod qilganini aytgan edi. Tarixchilar xalqaro anjumanlaridan birida Qoʻshma Shtatlardan kelgan bir ayol professor Ikkinchi Jahon urushi finalining amerikancha talqinini aytib berdi: General Duayt Eyzenxauer Berlinni olishi mumkin edi, lekin bu ishni "Stalin bilan janjallashmaslik uchun" qilmagan. Buni aytib, zalda kulgi koʻtarilgach yana shundan deya qoʻshimcha qiladi: "Men oʻsha voqealar tarixini bilaman. Ammo bizning tarix kitoblarimizda aynan shunday yozilgan".
Gʻarbda SSSR va Qizil Armiyaning nemis natsizmi va yapon militarizmi ustidan gʻalaba qozonishidagi yetakchi rolini kamaytirish maqsadida Ikkinchi Jahon urushi haqidagi afsonalar toʻqib, voqealarni yangicha talqin. Ular hatto Sovet Ittifoqini Germaniya bilan bir qatorga qoʻyishga harakat qilishadi, ammo raqamlar va faktlar bor va ular oʻta oʻjar.
1940 yil dekabrdagi Gitlerning 21-sonli koʻrsatmasi bilan tasdiqlangan Germaniyaning SSSRga hujum rejasi urush tugaganidan soʻng darhol ommaga eʼlon qilindi va uning haqiqiyligiga hech kim shubha qilmaydi. Gitlerning allaqanday "agressiyani tayyorlayotgan SSSRga qarshi oldindan zarba" sifatidagi xiyonatkorona hujumi birorta tarixiy hujjatda oʻz ibotini topmagan.
Sovetskiye vrachi i predstaviteli Krasnogo Kresta sredi uznikov Osventsima v pervыe chasы posle osvobojdeniya lagerya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2020
Dunyoda
Gitler avvalo SSSR xalqlarini yoʻq qilishni rejalashtirgan - nemis diplomati
Gitlerning 1941 yildagi rejalari va niyatlarida nihoyatda ochiq edi: "Butun davlatni toʻliq yer bilan yakson qilish", "yoʻq qilish urushi". U Sovet Ittifoqini "tabiiy dushman" deb bilar edi va uni yoʻq qilishga, ulkan iqtisodiy resurslarni egallab olishga va aholini qulga aylantirishga umid qilgan. Germaniya va unga ittifoqdosh qoʻshinlarning 3,5 milliondan ortigʻi 1941 yilning iyunida 2900 km uzunlikdagi frontga hujum qilishgan.
Nemis armiyasining 80%i, jumladan, 3400 tank va 2700 ta samolyotlar sharqqa oʻz diqqatini jamlagan. Shunday boʻlsada, “sharqiy kampaniya” Germaniya uchun Ikkinchi jahon urushida kutilmagan yakunni aniqlashtirib bergandi. Nemis askarlari va ofitserlarining aksariyati 1941 yildayoq Sovet ittifoqi bilan urushda magʻlubiyat muqarrarligini anglab boʻlishgan.
Va bu yerda SSSR ittifoqdoshlarining “har qiluvchi koʻmagi” hech qanday oʻrin tutmagan.
Butun urush davomida Germaniya va uning ittifoqchilarining asosiy kuchlari "Sharqiy frontga" oʻz diqqatini jamlagan edi: sovet qoʻshinlariga qarshi Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Italiya, Slovakiya va Ispaniyadan 190 dan 286 tagacha eng jangovar salohiyatli fashist diviziyalari qarshi harakat qilishgan. Taqqoslash uchun Angliya-Amerika qoʻshinlariga Shimoliy Afrikada 9 dan 20 gacha diviziya, Italiyada - 7 dan 26 gacha, Gʻarbiy Yevropada (Normandiyada qoʻnish boshlanishi bilan) 56 dan 75 gacha diviziyalar qarshi turgan. Shunga qaramay Qizil Armiya jami 113 milliondan ortiq aholiga ega boʻlgan Ruminiya, Polsha, Bolgariya, Yugoslaviya, Chexoslovakiya, Vengriya, Avstriya, Germaniya hududlarini toʻliq yoki qisman ozod qilgan.
Plenarnoye zasedaniye Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2019
Dunyoda
Jirinovskiy Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Polshani aybdor deb topishni taklif qildi
Gʻarbning yana bir afsonasi - "xaloskor" Lend-Liz haqidagisi - unda AQSH va Buyuk Britaniya yordamisiz, yaʼni ular qurol va texnika bilan taʼminlamaganda, SSSR Germaniya ustidan gʻalaba qozona olmagan boʻlishi haqida hikoya qilinadi. Biroq, urush yakuniga koʻra, Qizil Armiyaga faqat har oʻninchi tank import qilingani maʼlum boʻladi (AQShdan jami 7000 ga yaqin, Buyuk Britaniyadan 5100 dona tank olingan). Bundan tashqari, 1941 yilning eng qiyin oylarida ittifoqchilar Sovet Ittifoqiga 4500 ta tank yetkazib berishga vaʼda bergan boʻlib, keyinchalik atigi 466 ta mashina yuborishgan. 1941 yilda SSSR Angliyadan atigi 11 ta “Aerokobra” qiruvchilarini qabul qilgan. Taqqoslash uchun, Sovet Ittifoqi sanoati 1941 yil 22 iyundan 31 dekabrgacha Qizil Armiyaga 5400 ta tank va 8200 ta jangovar samolyot bergan. Shunga oʻxshash misollarni boshqa pozitsiyalar boʻyicha ham keltirish mumkin.
Putin obʼyavil o registratsii pervoy rossiyskoy vaktsinы ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2020
Dunyoda
Putin tarixni koʻchirishga rozi boʻlayotganlarni kollaboratsionistlar deb atadi
Shuni unutmaslik kerakki, Qoʻshma Shtatlarda "Lend-Liz toʻgʻrisida" gi qonun 1941 yilda oʻz milliy xavfsizligini taʼminlash choralaridan biri sifatida qabul qilingan. Amerikaliklar va inglizlar Sovet Ittifoqidan tashqari dasturning barcha ishtirokchilariga qarzlarni kechirishdi. SSSR va Rossiya Federatsiyasi Lend-Liz boʻyicha 1,3 milliard dollar miqdorida, yillik 2,3%li postavkalarni urushdan bir necha oʻn yil oʻtib ham toʻlab kelgan, kredit 2006 yilda toʻliq toʻlab boʻlingan.
Albatta, tarixiy xotiraning maʼnosi hozirgi va kelajak avlodlarga "birovning xatosi” va boshqa birovning qarzini yuklashda emas, balki bu oʻtmish hozirgi kunda va kelajakda qanday ishlashni davom etayotganini tushunishda. Zero, Shtaynmayer bejizga shunday demagan: "Hozirgi kunda oʻtmish izlarini oʻqishni oʻrganganlargina urush oldini ololadigan, zulmni rad etadigan va tinch-totuv hayotni taʼminlaydigan kelajakni yaratishga oʻz hissasini qoʻshishi mumkin".
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala