Jamiyat

Koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi

© SS0 / Unsplash / Mat NapoVaktsinatsiya, illyustrativnoye foto
Vaktsinatsiya, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Endilikda 50 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar emlanishi mumkin.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi. Endilikda 50 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini bepul emlash boshlanadi.
Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va ilmiy markazlar olimlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishida maʼlum qilindi.
Yigʻilishda mamlakatda koronavirus infektsiyasi bogʻliq epidemiologik vaziyat hamda ushbu infektsiya bilan kasallanish holatlarini oldini olishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Vaktsina Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi emlanadiganlar roʻyxati kengaytirildi
Birinchi navbatda kasallik profilaktikasiga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, aholi tomonidan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash kabi sanitariya-epidemiologiya talablari nazoratini olib borish yuzasidan tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.
Soʻnggi kunlarda infektsiya bilan kasallanish holatlari biroz ortganligini inobatga olib, hududlarda koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga yoʻnaltirilgan tibbiyot muassalarining tayyorgarlik holatini tahlil qilish va zarur dori vositalari zaxirasini shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
SSVning 21 iyundagi maʼlumotlariga koʻra, koronavirusga qarshi emlash jarayonida jami 2,9 million dozadan ortiq vaktsina qoʻllanilgan (1-bosqichda – 1,7 mln, 2-bosqichda – 1,06 mln, uchinchi bosqichda 127 ming kishi emlangan).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala