Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga olmoqda. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashgan.

OAV: “Tolibon”* Tojikiston bilan chegaradosh Sherxon shaharchasini egallab oldi

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Afgʻon harbiylaridan birining maʼlum qilishicha, harbiylar “barcha nazorat punktlarini tark etishga majbur boʻlishgan”.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. “Tolibon”* jangarilari Afgʻonistonda Tojikiston bilan chegaradagi Sherxon shaharchasini va daryo portini egalladi. Bu haqda AFP nashri hukumatga tayangan holda xabar qilmoqda.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Afgʻoniston shimolidagi bu aholi punktining egallab olishini AQSH mamlakatdan qoʻshinlarini olib chiqib ketishni boshlagandan buyon “toliblarning eng katta yutugʻi” boʻlgan.
Qunduz viloyati kengashi aʼzosi Xaliliddin Hakmining soʻzlariga qaraganda, toliblar port va Tojikiston bilan barcha chegara postlarini “bir soatlik jangdan soʻng” qoʻlga kiritgan.
Afganskaya politsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Dunyoda
Afgʻonistonda jangarilar toʻydan qaytayotgan besh kishini oʻldirdi
Afgʻon harbiylaridan birining maʼlum qilishicha, harbiylar “barcha nazorat punktlarini tark etishga majbur boʻlishgan”, ertalabga kelib esa “Tolibon”* jangarilari “har yerda boʻlgan, ular yuzlarcha boʻlgan”.
Bu xabarlarni tolibonlarning vakili Zaiulla Mujahid tasdiqlagan. Uning soʻzlariga koʻra, ular “Sherxon-Bandarni toʻliq nazorat qilishmoqda va hamma chegara oʻtish joylari Qunduzda Tojikiston bilan chegardosh”.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tojikistonda Afgʻoniston bilan chegaraga oid favqulodda yigʻilish oʻtkazilgan edi. Unda Afgʻoniston bilan chegaradagi xavfsiz vaziyat ichki barqarorlikni himoya qilish zarurligi uchun signal ekani taʼkidlangan edi.
* Rossiya va qator mamlakatlarga taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala