Siyosat

Oʻzbekistonda biologik qurol ishlab chiqarishga moʻljallangan laboratoriyalar yoʻq – TIV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Bir qator OAVda Oʻzbekistondagi mavjud laboratoriyalarning goʻyoki biologik qurol ishlab chiqarishga moʻljallanganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi OAVlarda tarqalayotgan respublikaning Gʻarb davlatlari bilan bioxavfsizlik sohasidagi hamkorligi goʻyoki qoʻshni davlatlar uchun xavf tugʻdirayotgani toʻgʻrisidagi bayonotlarga munosabat bildirdi.

<...> Oʻzbekistondagi mavjud laboratoriyalarning goʻyoki biologik qurol ishlab chiqarishga moʻljallanganligi toʻgʻrisida tarqalayotgan maʼlumotlarning mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmasligiga eʼtibor qaratamiz. Shuni taʼkidlash kerakki, ushbu laboratoriyalar faqat diagnostik tadqiqotlar oʻtkazish va tinchlik maqsadlaridagina foydalanish uchun moʻljallangan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Bakteriologik va toksik qurol-yarogʻlarni taqiqlash toʻgʻrisidagi Konventsiya ishtirokchisi sifatida biologik qurol-yaroqlarni ishlab chiqarish va toʻplashning taqiqlanishini taʼminlaydi”, - deyilgan rasmiy bayonotda.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonga nisbatan bildirilgan har qanday asossiz bayonotlar ikki tomonlama munosabatlarda muayyan keskinlikni keltirib chiqaradi.
Vazirlik bu, eng muhimi, oʻzaro ishonchga asoslangan davlatlararo muloqotga zarar yetkazadi deb hisoblaydi.
Marufjon Madaminov — zaveduyuщiy laboratoriyey chumы Respublikanskogo tsentra profilaktiki chumы, karantinnыx i osobo opasnыx infektsiy Minzdrava RUz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda AQSH biolaboratoriyalari boʻlmagan va boʻlmaydi - Madaminov
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala