Dunyoda

Rossiya va Oʻzbekiston bosh vazirlari Ulugʻ Vatan urushi qurbonlari xotirasini yod etishdi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiySvechi i tsvetы v Aleksandrovskom sadu v Moskve
Svechi i tsvetы v Aleksandrovskom sadu v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Roppa-rosa 80 yil oldin 1941 yil 22 iyunda fashist Germaniyasi SSSR hududlari boʻylab ilk ommaviy zarbalarni bergan edi.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston bosh vazirlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov Ulugʻ Vatan urushi qurbonlari xotirasini yod etdilar.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Analitika
Oʻtmishga qaramasdan hamkorlikka ochiq boʻlaylik – Vladimir Putin
"Men frontlarda mardlarcha jang qilganlarning xotirasini yod etishni, oʻz hayotlarini qurbon qilib Buyuk Gʻalabaning qoʻlga kiritgan insonlarga hurmat bajo keltirishni taklif qilaman. Bir daqiqalik sukut eʼlon qilaman", dedi Mishustin Moskvada boʻlib oʻtayotgan ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari darajasidagi komissiya yigʻilishida.

Mishustinning taʼkidlashicha, ushbu urush dunyo tarixida eng shafqatsiz va qonli voqea boʻlib, oʻn millionlab odamlarning hayotiga zomin boʻlgan.
"Biz jang qilganlarga va eng ogʻir sinovlar oldida Vatan mustaqilligini himoya qilgan front orti ishchilariga, qismatiga bizni himoya qilish yozilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltiramiz", dedi bosh vazir.
Ulugʻ Vatan urushi yillarida yuz minglab oʻzbeklar jasorat, mardlik va qahramonlik namoyish etganlar, deb qoʻshimcha qilgan Mishustin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala