Analitika

Oʻtmishga qaramasdan hamkorlikka ochiq boʻlaylik – Vladimir Putin

© Sputnik / Sergey Ilin / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Ulugʻ Vatan urushi boshlanishining 80 yilligi arafasida, Germaniyaning Die Zeit gazetasida chop etilgan, Vladimir Putinning maqolasi.
Bundan 80 yil oldin, 1941 yilning 22 iyunida, butun Yevropani yenggan natsistlar (nemis millatchilari), SSSRga hujum qilishdi. Sovet xalqi uchun - Ulugʻ Vatan urushi boshlandi. Bu urush bizning xalqimiz tarixida eng koʻp qon toʻkilgan urush boʻldi. Oʻnlab million kishilar qurbon boʻldi, iqtisodiy salohiyat va madaniy boyliklarga misli koʻrilmagan zarar yetkazildi.
Biz Qizil armiya qahramonlari va front orti mehnatchilarining jasurligi va matonati bilan faxrlanamiz. Ular nafaqat oʻz Vatanining mustaqilligi va obroʻyini, balkim Yevropa va dunyoni qullikdan asrab qolishdi.
Hozir kim nima deb tarixni qayta yozishga urinmasin – haqiqat shundaki, sovet askari Germaniya yeriga nemislardan qasd olish uchun emas, balkim buyuk va oliyjanob qutqaruvchi missiyasi bilan kelgan. Biz uchun natsizm bilan kurashgan qahramonlar xotirasi muqaddasdir. Biz umumiy Gʻalabani yaqinlashtirgan Gitlerga qarshi koalitsiya boʻyicha hamkorlarimizni, nemis antifashistlari, Qarshilik harakati ishtirokchilarini minnatdorlik bilan eslaymiz.
Flag YES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Dunyoda
Yevropa ittifoqi Qrimga qarshi sanktsiyalarni uzaytirdi
Jahon urushi dahshatlarini boshdan kechirgan Yevropa aholisi begonalikni yengib oʻtib oʻzaro hurmat va ishonchni tiklay olishdi. Oʻtgan asrning birinchi yarmida sodir boʻlgan tragediyalarni mantiqiy yakunlash uchun – integratsiya tomon yoʻl olishdi. Shuni alohida taʼkidlamoqchiman-ki, ana shunday Yevropaning paydo boʻlishida hozirgi birlashgan Germaniyaning Sharqi va Gʻarbida yashayotgan bizning xalq va nemislar orasidagi tarixiy kelishuvi ham ulkan rol uynagan.
Eslatib oʻtaman, urushdan keyingi yillarda aynan nemis tadbirkorlari bizning davlat bilan hamkorlik qilishda birinchilardan boʻlgan edi. 1970 yilda SSSR va FRG orasida Yevropaga uzoq muddatli tabiiy gaz yetkazib berish haqida “asr kelishuvi” imzolangan edi. Ushbu kelishuv kelajakdagi koʻplab buyuk loyihalarga, jumladan “Shimoliy oqim”ga ham asos yaratdi.
Biz sovuq urushning tugashi Yevropa uchun umumiy gʻalaba boʻladi deb oʻylagaye edik. Biroz oʻtib, nafaqat Sharl de Gollning – Atlantikadan Uralgacha yagona kontinentga aylanishi haqidagi orzusi amalga oshishiga, balkim Lissabondan Vladivostokkacha yagona madaniy va tsivilizatsion kontinent paydo boʻlishiga umid qilgan edik.
Rossiya aynan ana shunday – umumiy qadriyatlar va manfaatlar bilan birlashtirilgan Katta Yevropa qurish mantiqi asosida, yevropaliklar bilan oʻz munosabatlarini rivojlnatirishga harkat qildi. Ushbu yoʻlda biz tomondan ham Yevroittifoq tomonidan ham koʻp ishlar qilindi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2021
Kolumnistlar
Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?
Lekin oqibatda boshqa yoʻnalish gʻalaba qozondi. Uning asosida Shimoliy alyansni kengaytirish gʻoyasi yotardi. Aslida uning oʻzi sovuq urush qoldigʻi. Axir u oʻsha davrdagi qarama-qarshilik uchun yaratilgan edi.
Birlashgan Germaniyaning NATOga kiritilishidan boshlangan, blokning sharqqa tomon harakati - Yevropa ichida oʻzaro ishonchning yoʻqotilishiga olib keldi. Oʻz vaqtida Sovet Ittifoqi rahbariyatiga berilgan vaʼdalar “bu sizga qarshi qaratilmagan”, “blok chegarasi siz tomon yaqinlashmaydi” degan soʻzlar - juda tez unutildi. Kengayish esa boshlangan edi.
Shunday qilib, 1999 yildan buyon NATOning yana beshta kengayish toʻlqini boʻlib oʻtdi. Tashkilotga yana 14ta davlat qoʻshildi. Ular orasida sobiq Ittifoq mamlakatlari ham bor. Bu esa chegara chiziqlari boʻlmagan kontinent haqidagi orzuni chipakka chiqardi.
Aytmoqchi bu haqida Germaniyaning SDPG partiyasi rahbarlaridan biri – Egon Bar 1980 yillarda ogohlantirgan edi. U Yevrop xavfsizlik tizimini toʻliq qayta koʻrib chiqishni, unda ham SSSRning ham AQShning ishtirokini belgilagan edi. Afsuski na Yevropada, na AQShda va na SSSRda hech kim Barning gapiga quloq tutishni istamadi.
Ustiga ustak koʻplab davlatlar kollektiv Gʻarb bilan birga boʻlishi yoki Rossiya bilan boʻlishi haqida sunʼiy tanlov qilishga majbur boʻlishdi. Aslida bu - ultimatum edi.
Bunday agressiv siyosat qanday oqibatlarga olib kelganini biz 2014 yilda sodir boʻlgan Ukraina tragediyasi misolida koʻrdik. Yevropa Ukrainadagi konstitutsiyaga xilof amalga oshirilgan qurolli davlat toʻntarilishini qoʻllab-quvvatladi. Hammasi ana shundan boshlandi. Bu kimga kerak edi? Oʻshanda amaldagi prezident Yanukovich muxolifatning barcha talablariga rozi boʻlgan edi. Nima sababdan AQSH Ukrainada davlat toʻntarishi uyushtirdi, Yevrpa davlatlari esa beixtiyor uni qoʻllab-quvvatlashdi? Buning oqibatida Ukraina ichida tarqoqlik kelib chiqdi, Qrim Ukraina tarkibidan chiqdi.
Hozir butun Yevropa xavfsizlik tizimi jiddiy degradatsiya qilgan. Tigʻizlik kuchaymoqda, yangi qurollanish poygasi xavfi paydo boʻlmoqda. Biz, hamkorlik qilish mumkin boʻlgan ulkan imkoniyatlarni boy bermoqdamiz. Bugun insoniyat pandemiya va uning ogʻir ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bilan duch kelgan vaqtda, oʻzaro hamkorlik yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Lavrov Rossiya va Yevropa ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlarni kim buzganligini aytdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Video
Yevropa oʻzi Rossiya bilan munosabatlarni yoʻq qildi - Moskva qanday javob beradi?
Nima sababdan bunday boʻlmoqda? Va asosiysi biz birgalikda bundan qanday xulosalar chiqarib olishimiz kerak? Tarixning qanday saboqlarini esga olishimiz kerak?
Menimcha Katta Yevropaning urushdan keyingi tarixi bir narsani tasdiqlaydi: bining umumiy kontinentimizning rivojlanishi faqatgina barcha davlatlarning, jumladan Rossiyaning ham, birgalikda amalga oshirgan saʼy-harakatlari yordamida boʻlishi mumkin. Chunki Rossiya - Yevropaning eng yirik davlatlaridan biri va biz oʻzimizning Yevropa bilan uzuluksiz madaniy va tarixiy bogʻliqligimizni his qilib turibmiz.
Biz ochiq va yaratuvchan hamkorlik uchun tayyormiz. Buni bizning Atlantikadan Tinch okeaniga qadar yagona hamkorlik va xavfsizlik hududi yaratish haqidagi gʻoyamiz ham tasdiqlaydi. Bunday hudud tarkibiga turli integratsion formatlar, jumladan Yevropa ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ham kirishi mumkin.
Yana takror aytaman: Rossiya Yevropa bilan barcha sohalarni qamrab olgan hamkorlik tarafdori. Bizda oʻzaro manfaatli boʻlgan koʻplab mavzular bor. Bu – xavfsizlik va strategik barqarorlik, raqamlashtirish, energetika, madaniyat, fan va texnologiyalar, iqlimiy va ekologik muammolarni hal qilish.
Ildam qadamlar bilan rivojlanayotgan dunyo, yangi chaqiriq va xavflarga duch kelmoqda. Biz oʻtgan davrlardan qolgan tushunmovchilik, xafachilik, mojaro va xatolar yukini ortizimdan sudrab yura olmaymiz. Ushbu yuk bizga dolzarb muammolarni hal qilishga xalal beradi. Bizning barchamiz ushbu xatolarni tan olishimiz va ularni toʻgʻrilashimiz kerak. Men bunga aminman.
Bizning umumiy maqsadimiz – Yevropa va jahon ravnaqi uchun kontinental xavfsizlikni taʼminlash hamda chegaralarsiz va yagona teng huquqli hamkorlik hududini yaratish ekani shubhasizdir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala