Jamiyat

"Sputnik V" vaktsinasini Oʻzbekistonda qaysi korxona ishlab chiqarishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishProizvodstvo vaktsinы Sputnik V
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
"Sputnik V"ni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalasi bir necha oydan buyon Rossiya va Oʻzbekiston bosh vazirlari, sogʻliqni saqlash vazirlari tomonidan muhokama qilib kelinayotgan edi.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston "Sputnik V" vaktsinasini Toshkentdagi Jurabek Laboratories korxonasida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalasini koʻrib chiqmoqda. Bu haqida Rossiya hukumati apparatida xabar qilishdi.
"Sputnik V" vaktsinasini Jurabek Laboratories (Toshkent) korxonasida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalasini koʻrib chiqilmoqda”, - deyilgan Vazirlar Mahkamasi xabarida.
Rossiya va Oʻzbekiston "Sputnik V" vaktsinasini Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish borasida bir necha oydan buyon muzokaralar olib borayotgan edi. Bosh vazirlar, sogʻliqni saqlash vazirlari uchrashuvlari doirasida ushbu masala bir necha bor koʻtarilgan, rossiyalik mutaxassislar Oʻzbekistonga tashrif buyurib ishlab chiqarish maydonchalarini koʻzdan kechirishgan edi. \
Prezident Shavkat Mirziyoyev qarorga binoan ushbu loyiha uchun 53 million dollar mablagʻ ham ajratilgan.
Keyinroq Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko zayavil Oʻzbekiston va Rossiya vaktsina ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga kelishib olishgani va buning uchun ishlab chiqarish maydonchasi ham tanlangani haqida maʼlum qilgan edi.
Novыy punkt vaktsinatsii ot COVID-19  v TTS Troyka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Jamiyat
Toshkent va Moskva "Sputnik V" Oʻzbekistonda ishlab chiqarishga kelishdi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 1 apreldan ommaviy vaktsinatsiya boshlangan. Birinchi navbatda keksalar, oʻqituvchilar, ichki ishlar xodimlari va aholining boshqa “xatarli” guruhlari emlanishi belgilangan. Ayni damda Oʻzbekistonda Britaniya-Shvetsiyaning AstraZeneca, Xitoy va Oʻzbekiston tomonidan ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC2001 va Rossiyaning "Sputnik V" vaktsinalaridan foydalanilmoqda.Bugungi kunga qadar 1,6 milliondan ortiq kishi emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala