Jamiyat

Buxoroda Oʻzbekiston tashabbusi bilan ilk marta tashkil etilgan xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda

© SputnikV Buxare startoval mejdunarodnыy forum
V Buxare startoval mejdunarodnыy forum  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bagʻishlangan xalqaro forum boshlandi.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bagʻishlangan xalqaro forum boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Forum Oʻzbekiston tashabbusi bilan birinchi marta tashkil etilmoqda.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum qatnashchilariga yoʻllagan murojaatini Senat raisi Tanzila Norboyeva oʻqib eshittirdi.
Mirziyoyev parlamentlarning yaqin hamkorligi mamlakatlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlida muvofiqlashtirilgan harakatlarni oʻzaro hamjihatlikda amalga oshirish imkonini berishini taʼkidlagan.
“Shu maqsadda Oʻzbekiston tashabbusi bilan birinchi marta tashkil etilayotgan mazkur forum global maqsadlarga erishishda parlamentlarning ishtirokini muhokama qilish, parlamentlararo hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash uchun samarali muloqot maydoni boʻladi, degan umiddaman”, - deyilgan murojaatda.
Forum doirasida ilgari suriladigan taklif va tashabbuslar har bir mamlakat uchun oʻz milliy vazifalarini qayta koʻrib chiqish hamda milliy dastur va strategiyalarni takomillashtirishga imkon beradi.
“Ishonchim komilki, forum yakunida qabul qilinadigan Buxoro deklaratsiyasi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, ushbu jarayonda parlamentlarning rolini oshirishga xizmat qiladi”, - deya yakunlangan davlat rahbari murojaati.
Shavkat Mirziyev prinyal Genseka Mejparlamentskogo soyuza Martina Chungonga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Martin Chungongni qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala