Rossiya, ODBK davlatlari va O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF Sergey Shoygu
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining boshqa davlatlari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladilar.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Rossiya va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT, ODKB)ning boshqa davlatlari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladilar.
"Biz u yerda tinchlik va osoyishtalik bo‘lishiga uncha ham ishonmaymiz. Bu hududda NATO kontingentining 20-yil davomida bo‘lishi barqarorlikka olib kelmadi", - dedi Shoygu Qozog‘iston mudofaa vaziri bilan uchrashuvda.
RF Mudofaa vazirligi rahbari bu masalani yaqin kelajakda KXShT davlatlari - Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, shuningdek, chegaradosh O‘zbekiston bilan muhokama qilishni taklif qildi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
OAV: “Tolibon”* Tojikiston bilan chegaradosh Sherxon shaharchasini egallab oldi
Eslatib o‘tamiz, 22-iyun kuni “Tolibon”* radikal harakati jangarilari Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi Sherxon-Bandar chegara komissariatiga hujum qildi. Afg‘oniston kuchlarining 134 nafar harbiylari jangarilarga qarshilik ko‘rsata olmadi va “Panj” chegara otradining 3 va 4-zastavalari orqali Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘ldi.
Tojikistonlik chegarachilar insoniylik va ahil qo‘shnichilik tamoyillariga amal qilgan holda davlat chegarasini yorib kirgan afg‘onistonlik harbiylarga hech qanday to‘siqsiz Tojikiston hududiga o‘tishga ruxsat bergan. Afg‘oniston harbiy xizmatchilari orasida 4 kishi yaralangan va bir kishi halok bo‘lgan.
Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasining bayonotiga ko‘ra, tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat keskin deb baholanmoqda.
Tojik-afg‘on chegarasining Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatidagi qismini qo‘riqlash kuchaytirildi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0