Siyosat

Abdulaziz Kamilov: Tolibon – terrorchi tashkilot emas

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2021
Abdulaziz Kamilovning shaxsiy fikriga koʻra, Tolibon* terrorchi tashkilot emas, ular oʻz davlatida xorijiy kuchlar aralashuvisiz yashashni istaydi.
TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Tolibon* - terrorchi emas, dedi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSH jurnalisti Dennis Holiga bergan intervyusida.
Amerikalik jurnalistning “Siz Tolibonni terrorchi tashkilot deb hisoblaysizmi?” degan savoliga Kamilov “yoʻq” deb javob berdi va bu uning shaxsiy nuqtai nazari ekanini qayd etdi.
Kamilov aytishiga qaraganda, Tolibon* harakati soʻnggi 40 yil ichida, Afgʻoniston hududidan tashqarida, Markaziy Osiyo, Yevropa yoki dunyoning boshqa joyida biror marotaba ham terrorchilik akti uyushtirmagan.
Ikkinchidan, AQSH Tolibon bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borib, shartnoma imzoladi. Hammaga maʼlumki, AQSH siyosatining eng asosiy printsiplaridan biri - hech qachon terrorchilar bilan muzokara olib bormaslik.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining soʻzlariga koʻra, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish muzokaralarida soʻnggi 4-5 yil ichida jiddiy oldinga siljish sodir boʻlgan. Xususan, tomonlar bir-biri bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borishni boshlagan.
Ikkinchidan Afgʻoniston hududida Tolibondan tashqari, boshqa turli guruhlar va kuchlar bor. Ular orasida amaldagi hukumatning yetakchi siyosatchilari, siyosiy partiya rahbarlari, alohida hudud rahbarlari va boshqalar. Tinchlik oʻrnatish jarayonida ularning barchasi ishtirok etishi kerak. Xalqaro hamjamiyat bunda yaqidan yordam berishi kerak.
Avtomat v rukax chlena nezakonnogo voorujennogo formirovaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Afgʻoniston qoʻshnilarini oʻz hududiga xorijiy bazalarni joylashtirmaslikka chaqirdi
Shuningdek, Kamilov 2021 yil iyul oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo: hududiy aloqalar. Chaqiriqlar va imkoniyatlar” xaqlaro anjumani Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish uchun qoʻyilgan yana bir muhim qadam boʻlishini taʼkidladi. Vazir aytishiga koʻra, aksariyat manfaatdor davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ushbu anjumanda ishtirok etishga rozilik bildirishgan.
*Tolibon – Rossiya Federatsiyasi hududida terrorchi tashkilot deb tan olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala