Iqtisod

JB Oʻzbekistonda elektroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 380 mln dollar ajratadi

© Yuan YangLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Loyiha "Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari" uchun ustuvor investitsiyalarni moliyalashtirish orqali eskirgan energiya infratuzilmasini modernizatsiya qilishga yordam beradi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Jahon bankining ijrochi direktorlar kengashi "Elektroenergetika tarmogʻini transformatsiya qilish va elektr energiyasini barqaror uzatish" loyihasini maʼqulladi. Bu haqda Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi 380 million dollar, Yashil iqlim fondi (YAIF) 43 million dollar kredit ajratadi. Moliyalashtirish Oʻzbekiston hukumatiga juda past foiz stavkalarida taqdim etiladi va toʻlovning eng uzoq muddati 40 yilgacha boʻladi. Shuningdek, YAIF loyiha doirasidagi alohida tadbirlar uchun 4 million dollar miqdorida grant ajratadi.
Loyiha "Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari" uchun ustuvor investitsiyalarni moliyalashtirish orqali eskirgan energiya infratuzilmasini modernizatsiya qilishga yordam beradi. Loyiha faoliyati, jumladan, Oʻzbekistonning 11 ta hudularida 22 ta eskirgan yuqori kuchlanishli podstantsiyalarni rekonstruktsiya qilish, modernizatsiya qilish va kengaytirishni, shuningdek 500 kilovattlik yangi podstantsiyani va elektr uzatish liniyalarini qurishni oʻz ichiga oladi.
Elektr energiyasini uzatish tizimini monitoring qilish, boshqarish va eksplutatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida loyiha doirasida zamonaviy raqamli va telekommunikatsiya texnologiyalari va yechimlari joriy etiladi. Ularga dispetcherlik nazorati va maʼlumotlarni yigʻish uchun yangi dasturiy-apparat majmuasi (SCADA), shuningdek, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ markaziy va hududiy dispetcherlik markazlari uchun elektr energiyasini boshqarish tizimini (EMS) yaratish kiradi.
Dollarы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Iqtisod
Jahon banki Oʻzbekiston soliq sohasidagi islohotlar uchun 60 mln dollar ajratadi
Shuningdek, loyiha Oʻzbekistonni Afgʻoniston, Qozogʻiston va Tojikiston elektroenergetika tizimlari bilan bogʻlaydigan infratuzilmalarini rekonstruktsiya qilish va kengaytirish orqali Markaziy Osiyoda mintaqaviy energiya savdosini rivojlantirishga yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala