Poytaxtga kirish yopilgach, ishlaydiganlar uchun avtobus qatnovlari tashkil etildi

© Press-slujba Tashkentskogo gorodskogo upravleniya transportaVoditeley avtobusov v Tashkente oshtrafovali za otsutstvie meditsinskix masok
Voditeley avtobusov v Tashkente oshtrafovali za otsutstvie meditsinskix masok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Obuna bo‘lish
Poytaxtdan 24 ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi.
TOShKENT, 28-iyun - Sputnik. Bugundan "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 24 ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi.
Sal avval, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2021-yil 28-iyun kunidan boshlab 12-iyulga qadar, Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilgan edi.
Politseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
O‘zbekistonda yangi karantin cheklovlari kiritildi
Hozirgi kunda, "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 24 ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi.
"Ushbu yo‘nalishlar xizmatlaridan foydalanuvchi aksariyat yo‘lovchilar Toshkent shahridagi idora va tashkilotlarda mehnat qilishi hamda ta’lim muassasalarida tahsil olishini inobatga olib, Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi yo‘nalishlarning faoliyati o‘z ish tartibi va qatnov chizmasi asosida amalga oshirishda davom etadi", - deyiladi "Toshshahartransxizmat" xabarida.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi shahar avtobus yo‘nalishlari faoliyatiga doir cheklovlar joriy etilgan hollarda bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo‘lovchilarga oldindan ma’lumot beriladi.
Ayrim YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi avtobuslar harakati YPX post maskanigacha tashkil qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0