Jamiyat

Koronavirusga qarshi har 6 oyda emlanish lozim - infektsionist

Shprits - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Rospotrebnadzor birinchi emlashdan soʻng takroriy vaktsina uchun eng maqbul muddat qachon boʻlishi lozimligi haqida batafsil toʻxtaldi
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Koronavirusga qarshi vaktsinani har olti oyda olish lozim. Bu haqda bugun "Rossiya segodnya" XAAda boʻlib oʻtgan matbuot-anjumani vaqtida Rospotrebnadzor markaziy MTI epidemiologiya direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Aleksandr Gorelov aytib oʻtdi.
Shifokorning taʼkidlashicha, tibbiy tadbirni tanadagi antitanachalar darajasidan qatʼiy nazar oʻtkazish lozim.
Ampulы i shprits na sinem fone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Jamiyat
Mutaxassis emlangandan keyin ham koronavirus yuqtirib olish kuzatilishi yuzasidan izoh berdi
"Pandemiya davrida har yarim yilda tanamizda mavjud antitanachalar darajasidan qatʼiy nazar biz vaktsina olmogʻimiz lozim", - degan Gorelov.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Toshkentda koronavirus infektsiyasining tarqalish xavfi oshib bormoqda. Bu bilan birga aholini ommaviy emlash jarayonlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
27 iyundan boshlab Toshkent shahridagi barcha gavjum joylarda (Bozorlar, savdo rastalari, koʻngil ochar joylar, “Korzinka” supermarketlarida) 18 yoshdan katta aholini koronavirus infektsiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasi bilan emlash ishlari boshlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala