Siyosat

Mirziyoyev Berdimuhamedov bilan qoʻngʻiroqlashdi: yetakchilar qaysi masalalarni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Prezidentlar joriy yilda Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini tashkil etishni muhokama qilishdi.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Mirziyoyev suhbat avvalida Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Siyosat
Kamilov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
Suhbatda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Yetakchilar joriy yilda Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini tashkil etish masalalariga alohida toʻxtaldi. Boʻlajak koʻp tomonlama tadbir dasturini puxta tayyorlashga kelishib olindi.
Mirziyoyev va Berdimuhamedov xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashib, Afgʻonistondagi, jumladan, ushbu mamlakat shimoliy chegaraoldi hududlaridagi harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishini muhokama qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala