Iqtisod

Oʻzbekiston jahonning yangi "zaytun giganti"ga aylanishi mumkin

Olivki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Oʻzbekiston zaytun va zaytun moyining yirik ishlab chiqaruvchisiga aylanishi mumkin.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston zaytun va zaytun moyining yirik ishlab chiqaruvchisiga aylanishi mumkin.
Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Ekologik partiya fraktsiyasi yigʻilishi paytida "Oʻzbekiston Respublikasini zaytun moyi va zaytun mevasi toʻgʻrisidagi xalqaro bitimga (Jeneva, 2015 yil 9 oktyabr) qoʻshilish toʻgʻrisida" gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Olivki - plodы olivkovogo dereva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Iqtisod
Surxondaryoda zaytun plantatsiyalari barpo etiladi
Bugungi kunda zaytun va zaytun moyi jahon bozorida juda talabgir mahsulot hisoblanadi. Ayniqsa, tibbiyot sohasida.

"1 gektar zaytun plantatsiyasidan 15-17 ming dollar, uni qayta ishlash orqali 45-50 ming dollar daromad olish mumkin", - deb taʼkidlandi yigʻilishda.

Buni qanday amalga oshirish mumkin? Hukumat bir nechta tadbirlarni ishlab chiqdi. Birinchidan, Oʻzbekistonda yangi zaytun plantatsiyalari yaratiladi. Shu bilan birga, respublika ushbu sanoat yaxshi rivojlangan rivojlangan davlatlar bilan faol hamkorlik qiladi.
Ikkinchidan, qayta ishlash korxonalari ishga tushiriladi va eksport hajmi ortadi.
Shuningdek, agrotexnik usullarni tanlash va qoʻllash sohasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatiladi.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatining 8 ta tumanida zaytun plantatsiyalarini yaratish rejalari haqida toʻxtalgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala