Iqtisod

Oʻzbekistonda mis sanoati klasteri tashkil etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMed i mednыe trubы
Med i mednыe trubы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Innovatsion rivojlanish vazirligiga soha korxonalarining faoliyatini ilmiy-tadqiqot va amaliy innovatsiya ishlari bilan uzviy bogʻliqlikda rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish topshirildi.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, oxirgi 5 yilda mamlakatda mis ishlab chiqarish hajmi qariyb 1,5 baravar oshib, 2020 yilda 148 ming tonnaga yetgan. Lekin undan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlash ishlari yetarli emas. Xususan, misning qariyb 60 foizi xomashyo sifatida eksport qilinmoqda.
Xalqaro ekspertlarning fikricha, elektromobillar, elektrotexnika va qayta tiklanuvchi energiya sohalarining rivojlanishi evaziga 2030 yilga borib dunyoda misga boʻlgan talab 40 foizga oshishi kutilmoqda.
Misdan keladigan daromad bugungi kunda 2,5 milliard dollarni tashkil etayotir. Kelgusi 5 yilda mis ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonnagacha yetkazish orqali, bu koʻrsatkichni turdosh tarmoqlar bilan birga 7-8 milliard dollarga yetkazish mumkin.
Gorno-obogatitelnыy kombinat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Iqtisod
Uralmashzavod va Enter Engineering Olmaliqda yangi kombinat quradi
Shu maqsadda, 24 iyun kuni “Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Mis sanoati klasteri tashkil etilishi belgilandi va bosh vazir rahbarligida Maxsus komissiya tuzildi.
Yigʻilishda ushbu strategik vazifani amalga oshirish choralari koʻrsatib oʻtildi.
Avvalo, rangli va noyob metallar uchun geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish boʻyicha 5 yillik dastur ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.
Sohada loyiha va muhandislik xizmatlarini rivojlantirish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalarni jalb etgan holda, zamonaviy loyiha institutini tashkil qilish vazifasi qoʻyildi.
Mamlakatda togʻ-kon uskunalari va jihozlarini ishlab chiqarishni hamda ularga servisni yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.
Kombinatlarda avtotransport, raqamlashtirish kabi alohida faoliyat turlari xususiy sektorga kooperatsiya va autsorsing asosida beriladi.
Noyob metallar va qotishmalar birlashmasida metall qotishmalar tayyorlash, “Oʻzeltexsanoat” korxonalarida maishiy texnika, kompyuter, akkumulyator batareyalar, elektromobillarning butlovchi qismlari kabi yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Innovatsion rivojlanish vazirligiga soha korxonalarining faoliyatini ilmiy-tadqiqot va amaliy innovatsiya ishlari bilan uzviy bogʻliqlikda rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish topshirildi. Klasterning har bir boʻgʻini uchun oliy maʼlumotli muxandis-texnolog hamda ishchi mutaxassislarni tayyorlash, shu maqsadda yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhimligi aytildi.
Mestorojdeniye zolota - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.04.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonda oltin, mis va volfram konlari topildi – Geologiya qoʻmitasi
Malakali mutaxassislarni jamlab, mis sanoati klasterini tashkil etish boʻyicha chet el tajribasini chuqur oʻrganish, xalqaro kompaniyani jalb qilgan holda, geologiya va kon-metallurgiya sohasini rivojlantirishda strategik yoʻnalishlarni belgilash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala