Barcha tumanlarda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi

© Unsplash / Tyler FrantaRabota v ofise
Rabota v ofise - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Obuna bo‘lish
Markazlarning qonuniy faoliyatiga biron-bir tarzda aralashish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi.
TOShKENT, 30 iyun — Sputnik. “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-oktabrdan hududiy adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (Markazlar) respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etiladi.
Shunga ko‘ra, davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim davlat tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalarida 2021-yil 1-oktabrdan jami 1 182 ta yuridik xizmatlar shtat birliklari qisqartiriladi.
Bo‘shatilayotgan shtat birliklari hisobidan Markazlar faoliyatini tashkil etish uchun 1 056 ta shtat birliklari ajratiladi.
2021 yil 1-oktabrdan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumot va jarayonlarni to‘liq elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmatlar ushbu elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Markazlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tarkibiy bo‘linma tarzida tashkil etiladi va ularga bo‘ysunadi.
Markazlar xodimlariga sud protsessida yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning vakili sifatida qatnashish huquqi beriladi.
Markazlar xodimi sifatida kamida 3-yil mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxs:
litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs sifatida advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etish;
notarial idorada 6 oy muddat stajirovka o‘tab malaka imtihonini topshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Markazlarning qonuniy faoliyatiga biron-bir tarzda aralashish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi.
Qarorga ko‘ra, Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlarning Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Soliqdan qarzi bo‘lgan korxonalar yuridik manzilini o‘zgartira olmaydi - DSQ
Shuningdek, Markazlar boshqa yuridik shaxslarga pullik asosda yuridik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0