Kolumnistlar

Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi uning barcha aʼzolari uchun foydali - ekspert

© Sputnik / Dmitriy VoskresenskiyRukovoditel napravleniya Tsentra integratsionnыx issledovaniy YEABR Taras Tsukarev
Rukovoditel napravleniya Tsentra integratsionnыx issledovaniy YEABR Taras Tsukarev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishining xavfli va foydali tomonlari haqida Yevroosiyo taraqqiyot banki eksperti bilan eksklyuziv intervyu.
YEOIIga qoʻshilgan taqdirda Oʻzbekiston qanday moliyaviy yutuqlarga erishishi mumkin? Integratsiya yumshoq boʻlishi uchun Oʻzbekistonga nima kerak? Ittifoqda aʼzolik Respublikada energetikani qanday rivojlantiradi? Bu haqida YEOTBning integratsion izlanishlar markazi rahbari Taras Tsukarev aytib berdi.
Hech qaysi soha zarar koʻrmaydi
Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasida Oʻzbekiston hal qiluvchi davlatga aylanib bormoqda. Moskvada 1 iyul kuni taqdim etilgan “Oʻzbekiston va YEOII” nomli hisobotda YEOTB tahlilchilari ana shunday xulosaga kelishdi.
Har qanday xalqaro tashkilotning oʻz tarafdorlari va unga qarshi boʻlganlar bor. YEOII ham bundan istisno emas: Oʻzbekistonning YEOIIga kirishi haqida gap ketganda, ayrim ekspertlar Oʻzbekiston sanoatining bir qator sohalari jiddiy zarar koʻrishi mumkinligini taʼkidlashadi. Bu borada ayniqsa avtosanoat - alohida taʼkidlab oʻtiladi.
Zaveduyuщiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va YEOII, MOdagi chegaralar, migrantlar va MDH taqdiri - Andrey Grozin
Yevroosiyo Taraqqiyot Banki (YEOTB) iqtisodchilari bunday fikrga qoʻshilmaydilar.
“Aksincha, integratsion jarayonlar avtomobil sanoastining faol rivojlanishiga olib keladi, - deydi Taras Tsukarev. – Oʻzbekistonda avtosanoat bir necha yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda. U faqatgina bir zavod boʻlmay, ichga 30ta korxonani qamrab olgan butun boshli xoldingni tashkil qiladi. Ularning barchasi oʻz hududida bozoring bir boʻlagini egallagan. Ularning oʻz mijozlari, oʻz biznes qarashlari bor. Shu sababli ham integratsiya avtosanoatning samaradorligiga taʼsir qilmaydi”.
YEOIIga qoʻshilish Oʻzbekiston avtosanoati uchun faqat yanada kengroq istiqbollar ochadi, deydi mutaxassis. Misol tariqasida Belarus-Xitoy qoʻshma korxonasini keltiradi.
“Belarusda Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari boʻlishiga qaramasdan, Geely yengil avtomobillari ishlab chiqaradigan qoʻshma korxonaning bozorda oʻz ulushi bor. Korxona hatto Rossiyaga eksport qilmoqda”, - deydi Tsukarev.
Oʻzbekistonda iqtisodning integratsiyaga tayyor boʻlmagan sohalari yoʻq, deydi mutaxassis. Lekin sanitar va texnik reglamentlarni YEOIIga muvofiqlashtirish kerak boʻladi. Institutsional elementlarni umumlashtirish Oʻzbekiston va Ittifoq aʼzo-davlatlarining savdo-iqtisodiy munosabatlariga turtki beradi.
“Barcha moliyaviy va sanoat toʻsiqlari texnik reglamentlarga borib taqalmoqda, - deydi YEOTB vakili. – Oʻzbekiston korxonalari hozir ham muvaffaqiyatli ishlamoqda, lekin YEOII bilan muvofiqlashtirilganidan soʻng ular yanada koʻproq mijozlarga ega boʻladi, biznesni kengaytirish uchun yangi yoʻnalishlar topadi”.
Suv taʼminoti muammosini qanday hal qilish mumkin?
YEOIIga qoʻshilganidan soʻng Oʻzbekiston infratuzilmaviy investitsiyalar olishi mumkin. YEOTB baholashiga koʻra, ularning miqdori yiliga $1,5 mlrdga yetishi mumkin.
“Bu YAIMga qoʻshimcha 0,3 – 0,4% degani. Respublika daromadiga jiddiy qoʻshimcha boʻladi”, - deydi ekspert.
Infratuzilmaviy loyihalarda asosiy eʼtiborni energetika sohasiga qaratish kerak. Gap shundaki Oʻzbekistonning magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarining 66 % va 62 % foydalanishga topshirilganiga 30 yildan koʻp boʻlgan. Energetika tarmoqlarining eskirganligi ulkan yoʻqotishlarga olib kelmoqda –yiliga taxminan $1,5 mlrd.
Torgovlya Uzbekistana s YEAES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Infografika
Oʻzbekiston va YEOII: kooperatsion hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar
Respublikadagi suv majmuasi ham jiddiy eskirgan. Uning asosiy hajmi - 92% iqtisodning hal qiluvchi sohasi - qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri keladi. Natijada Oʻzbekiston suv resurslarining 30%gacha bekorga sarflanmoqda. Bu esa suv taqchilligini yanada kuchaytiradi.
“Bu Markaziy Osiyo uchun juda muhim masala, - deydi Tsukarev. – Uni MO davlatlari birgalikda hal qilishlari mumkin. YEOII esa buning uchun qulay maydoncha boʻlishi mumkin.
Yiliga qoʻshimcha 2 milliard dollar
Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilishidan yana bir yutugʻi – mehnat migrantlariga taaluqli. Tsukarev xulosasiga koʻra, Ittifoqning yagona mehnat bozoridan foydalanish Oʻzbekistonga qoʻshimcha $2 mlrd. daromad olib kelishi mumkin. Hozir oʻzbekistonlik mehnat migrantlar Rossiyadan yiliga $4,4 mlrd. mablagʻ oʻtkazishmoqda.
“Pul oʻtkazmalari miqdori oʻsishi – bu YAIMga yiliga 0,3 – 0,4 % qoʻshimcha, - deydi ekspert. – Undan tashqari YEOII mehnat migrantlari uchun soddalashtirilgan migratsiya qonunlari, ijtimoiy kafolatlar, Oʻzbekiston diplomlarini tan olish va Ittifoq boʻylab erkin harakatlanish imkonini beradi”.
Oʻzbekiston Ittifoqqa qoʻshilgan taqdirda, uning YEOIIga aʼzo davlatlariga eksporti miqdori oshadi. Tsukarev xulosasiga koʻra, bugun Oʻzbekistonning asosiy sarmoyaviy hamkorlari bu – Rossiya va Qozogʻiston. Respublikada Rossiya kapitali ishtirokida tashkil qilingan 2 mingdan ortiq va Qozogʻiston kapitali yordamida tashkil qilingan 900dan ortiq korxonalar bor.
“Oʻzbekistonning YEOIIga eksporti 2020 yilda $ 781,6 mln.ni tashkil qildi. Integratsiyadan soʻng ushbu koʻrsatgich $ 1,2 mlrd.ga yetishi mumkin. Undan tashqari, Ittifoq davlatlari bilan ishlash Oʻzbekistonni transevroosiyoviy transport koridorlariga faol qoʻshilishiga olib kelishi mumkin”, - deydi ekspert.
Pandemiyadan soʻnggi tiklanish
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oʻzbekistonga koviddan soʻnggi krizisni tezroq yengib oʻtishga yordam berishi mumkin, chunki u katta bozor, deb hisoblaydi ekspert.
“YEOII investitsiyalari Oʻzbekiston iqtisodiga juda kerak boʻlgan “toza havo” boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston YAIMi pandemiyaga qadar boʻlgan 6,6% koʻrsatgichgacha qaytishi mumkin, axir YEOII bu hajmi $2 trln, aholisi 200 mln boʻlgan bozor”, - deydi Tsukarev.
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Iqtisod
YEOII: 2025 yilgacha strategiya rejasi tasdiqlandi
Pandemiya oqibatlaridan tezroq tiklanish, Oʻzbekiston va Ittifoq aʼzolari bilan hamkorlikni tezroq tiklashga olib keladi. Bundan nafaqat Oʻzbekiston yutib chiqadi, balkim boshqa aʼzo davlatlar ham.
“Respublikaning YEOIIga kirishi Ittifoq doirasida biznes rivojlanishi, Oʻzbekistonning foydalanilmagan eksport potentsiali - $1,6 mlrd.ni realizatsiya qilish imkonini beradi” - deydi Tsukarev.
YEOTB xulosasiga koʻra, oʻzaro savdo juda tez oʻsishi mumkin boʻlgan mahsulot guruhlari, - bu mashinasozlik, qora metallurgiya, bugʻdoy, mineral va yogʻoch mahsulotlari segmentlaridir.
Mutaxassisi fikriga koʻra, Oʻzbekistonning YEOIIga kirishi xorijiy davlatlar uchun ham yanada jozibador boʻlishi mumkin.
“Oʻzbekistonning yirik integratsion uyushmada aʼzoligi hamda uchinchi mamlakatlar bilan savdo shartnomalari tuzishga olib kelishi mumkin. Yirik tashkilotlar kichik iqtisoddan koʻra jozibadorroq”, - deb xulosa qildi Taras Tsukarev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala