Dunyoda

Tojikiston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston: AQSH 9 ming afgʻonni vaqtincha joylashtirishni soʻramoqda

© AP Photo / Rahmat GulAfganskiy voyennыy
Afganskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
AQSH Tojikiston, Qozogʻiston va Oʻzbekistondan 9 mingga yaqin afgʻonni vaqtincha joylashtirishni soʻramoqda.
TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. Afgʻonistondan chiqib ketayotgan AQSH qoʻshinlari Tojikiston va Oʻzbekiston bilan xavfsizlik boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazdi.
AQSH Tojikiston, Qozogʻiston va Oʻzbekistondan amerikaliklarga yordam bergan 9 mingga yaqin afgʻonlarni vaqtincha joylashtirishni soʻramoqda, deb xabar berdi Bloomberg oʻz manbasiga asosan.
Bundan tashqari, Vashington Tojikiston va Oʻzbekiston hududlaridan razvedka operatsiyalarini oʻtkazish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Ayni paytda davlatlar tegishli kelishuv loyihasi tafsilotlari boʻyicha muzokaralar olib bormoqda, deya taʼkidlamoqda Bloomberg.
Estalib oʻtamiz, Vashingtonda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar oʻtkazdi.
AQSH Davlat kotibi Oʻzbekiston tomonidan uzoq vaqt davomida amalga oshirilayotgan, Afgʻonistonda ishonchli tinchlik oʻrnatishga qaratilgan saʼy-harakatlar uchun Abdulaziz Kamilovga minnatdorlik bildirdi.
Entoni Blinken vstretilsya s Abdulazizom Kamilovыm, 1 iyunya 2021  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Siyosat
Abdulaziz Kamilov AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi
Shuningdek Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan siyosiy va iqtisodiy yoʻnalishda hamkorlik qilishga qaratayotgan eʼtiborini qoʻllab-quvvatladi va ushbu ishlar kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyoga faravonlik olib kelishiga hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv davomida Blinken bu yil AQSH va Oʻzbekiston diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yillligini nishonlashini hamda AQSH Oʻzbekiston bilan strategik hamkorlikni chuqurlashtirish istagida ekanini maʼlum qildi.
Shuningdek davlat kotibi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, jumladan inson huquqlari va demokratiya mustahkamlanishini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.
Entoni Blinken Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda oʻzaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarini yuqori baholadi va AQSH hamda Oʻzbekistonning S5+1 formatidagi faol hamkorligini qayd etib oʻtdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala