Hodisalar

Jizzaxda uch yigit 20 yoshli qizni oʻgʻirlab ketdi

© Unsplash / Dev Asangbam Devushka zakrыvayet litso rukami
Devushka zakrыvayet litso rukami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2021
TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanida 20 yoshli qizni oʻgʻirlab ketgan uch yigitga qarshi jinoyat ishi ochildi.
“Postda” gazetasining yozishicha, “Mirzadala” shaharcha fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. U 2001 yilda tugʻilgan qizi uyidan chiqib, ishiga bormaganligini bildirgan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida qizning oʻgʻirlangani aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, tuman markazida yashovchi uch nafar yigit jabrlanuvchining qarshilik koʻrsatishiga qaramasdan uni “Nexia”ga majburlab mindirib, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududiga olib ketgan.
Siluet jenщinы. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Hodisalar
Toshkent viloyatida 21 yoshli qizni uylanish uchun oʻgʻirlab ketishdi
Mazkur holat yuzasidan "Doʻstlik" mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi X.M., "Yerjar" mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi H.M. hamda B.A.ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala