Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan
Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Prezidentlar Afgʻonistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojiga alohida toʻxtalib oʻtdilar
TOSHKENT, 5 iyul - Sputnik. Bugun, 5 iyul kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari oʻzaro manfaatli hamkorlikning dolzarb masalalarini koʻrib chiqdilar, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. Xalqaro kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Analitika
Amerikaliklar Afgʻonistonni Rossiyaga "tashlab qoʻydimi"?
Davlat rahbarlari mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikning bugungi surʼatini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Prezidentlar Afgʻonistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojiga alohida toʻxtalib oʻtdilar.
Oʻzbekiston va Rossiyaning vakolatli idora va tashkilotlari oʻrtasidagi muntazam muloqotlarni davom ettirishga va yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala