Jamiyat

OʻTY Toshkent metrosi qurilishdagi talon-torojlik haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVxod na stantsiyu "Dustlik-2"
Vxod na stantsiyu Dustlik-2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Kompaniyaning maʼlum qilishicha, 899 million soʻm talon-toroj qilinmagan, balki shuncha qiymatdagi materiallar oʻgʻirlangan.
TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Toshkent metropolitenida olib borilgan qurilish ishlarida 899 million soʻm talon-toroj qilingani toʻgʻrisidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Kompaniya xabariga koʻra, internet nashrlari va blogerlar tomonidan eʼlon qilinayotgan maʼlumotlar xato boʻlib, tizimda talon-torojlik emas, oʻgʻrilik sodir etilgan.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” 2019 yilda Toshkent metropoliteni yerusti halqa yoʻlining birinchi bosqichi boʻlgan 11 kilometrlik "Doʻstlik-2"–"Qoʻyliq" uchastkasida qurilish ishlari boshlagan.
Ushbu loyiha qurilishi 2020 yilning mart oyida toʻliq tugatilib, foydalanish uchun topshirilishga tayyor boʻlgan. Keyinchalik karantin boshlanishi sababli yoʻnalish ochilishi nomaʼlum vaqtga qoldirilgan. Qurilishda ishtirok etgan barcha ishchi-xizmatchilar karantin choralari yumshatilgunga qadar oʻzlarini yakkalashgan.
2020 yilning 3 iyul kuni xodimlar Toshkent metropolitenining yerusti "Doʻstlik-2"–"Qoʻyliq" uchastkasini koʻrikdan oʻtkazganda, kabel mahsulotlarining oʻz joyida yoʻqligi aniqlangan. Ushbu holat boʻyicha zudlik bilan Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasining huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga murojaat qilingan.
Dastlabki tergov natijalariga koʻra, umumiy qiymati 899 million 131 ming 590 soʻmlik kabel mahsulotlari nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻirlangan.
Stroitelstvo Sergeliyskoy vetki metro - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Hodisalar
Toshkent metrosi qurilishida qariyb 900 mln soʻm talon-taloj qilingan – transport prokurori
Olib borilgan tergov harakati natijalariga koʻra, aybdor shaxslar topilgan va ulardan 180 million 962 ming 364 soʻmlik zarar toʻliq undirilgan.
Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyatchilar oʻrnatilgan tartibda javobgarlikka tortilgan
Hozirda ushbu holat yuzasidan Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tomonidan tergov va qidiruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Transport prokuraturasi Toshkent metrosi qurilishida qariyb 900 mln soʻm talon-taloj qilingani haqida maʼlum qilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala