Jamiyat

Oʻzbekiston 6-8 iyul kunlari termik depressiya taʼsiri ostida boʻlishi kutilmoqda

© AP Photo / AnonymousJara
Jara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Meteorologiyada termik depressiya bu — sinoptik jarayon boʻlib, unda Yer yuzasida past frontsiz bosim maydoni hosil boʻladi.
TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda 6-8 iyun kunlari havo harorati keskin koʻtarilishi va ayrim hududlarda kunduzi +47...+48 darajagacha chiqishi prognoz qilingan. Bu Markaziy Osiyo hududlari ustida termik depressiya kuzatilishi hisobiga yuz beradi, deya xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
“Meteorologiyada termik depressiya bu — sinoptik jarayon boʻlib, unda Yer yuzasida past frontsiz bosim maydoni hosil boʻladi, oʻrta troposferada esa iliq balandlik oʻrkachi (yopiq izobaralarga ega boʻlmagan katta bosimli joy yoki mintaqa) rivojlanadi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, termik depressiya sinoptik holatning yaqqol ifoda etilgan yozgi turidir, u faqat iyun oyidan avgust oyigacha rivojlanadi va odatda 2-3 kun kuzatiladi, 4-7 kun davomiyligidagi vaziyatlari kamroq davom etadi. Lekin oxirgi paytlarda iqlim oʻzgarishi tufayli termik depressiyaning davomiyligi ortmoqda.
Jenщina s zontikom idet po jare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2021
Jamiyat
Jaziramadan saqlanish uchun tavsiyalar
Termik depressiyaning toʻlishi sovuq kirib kelishi natijasida vujudga keladi. Yoz oylarida sovuq frontlarning kirib kelishi odatda yogʻingarchiliksiz, bulutsiz boʻladi. Biroq front oʻtishi tez-tez changli boʻronlar bilan kuchli shamollarni hosil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala