Siyosat

Oʻzbekiston ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish milliy strategiyasini tasdiqladi

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisaniye dokumentov
Podpisaniye dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Hozirgi vaqtda ekstremizm va terrorizm Markaziy Osiyoda asosiy tahdidlarlan biri boʻlib qolmoqda va birinchi galdagi vazifalardan biri mintaqa davlatlari va xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlarini birlashtirishni taqazo etadi.
TOSHKENT, 7 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 1 iyuldagi farmoni bilan "2021−2026 yillarga moʻljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi" tasdiqlandi.
Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilangan:
- ekstremizm va terrorizm gʻoyalari tarqalishining oldini olish maqsadida vatanlarvarlik, anʼanaviy qadriyatlar va bagʻrikenglin mafkurasini targʻib qilish;
Zdaniye MVD Uzbekistana v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2021
Hodisalar
IIV ekstremistik guruhlarga qoʻshilib ketgan 10 nafar oʻzbekistonlikni qidiruvga berdi
- voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremizm va terrorizm gʻoyalari tarqalishining oldini olish;
- ayollar huquqlarini himoya qilish hamda ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish;
- uzoq muddat xorijda bulgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm gʻoyalari taʼsiridan himoya qilish;
- Internet jahon axborot tarmogʻidan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish;
- fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborotvositalarini ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga keng jalb qilish;
- ekstremistik va terrorchilik harakatlarini sodir etganlik hamda ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy taʼqib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish;
Boyevoye primeneniye rossiyskogo vertoleta Ka-52 v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Siyosat
SHHT: maxsus xizmatlar 2 yillik terrorizmga qarshi kurashish dasturini maʼqullashdi
- ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ- huquqiy bazani takomillashtirish;
- ushbu sohadagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish.
Oʻzbekiston ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashning muhimligini hisobga olib, quyidagilarni vazifalarni amalga oshirishni muhim deb hisoblaydi:
- ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslarini takomillashtirishga koʻmaklashish;
- diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, shuningdek, chet elga uzoq vaqtga ketayotgan hamda yashab kelayotgan fuqarolar bilan shugʻullanuvchi boshqa idoralarning kadrlar salohiyati va resurslarini mustahkamlash;
- boshqa davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish.
Hozirgi vaqtda ekstremizm va terrorizm xalqaro xavfsizlikka, shu jumladan Markaziy Osiyoda asosiy tahdidlardan biri boʻlib qolmoqda.
Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Rossiya
Novosibirskda MDH fuqarosi terrorchilikni moliyalashtirgani uchun 8,5 yilga qamaldi
"Oʻzbekiston Respublikasi har tomonlama oʻylangan tinchliksevar, pragmatik va izchil tashqi siyosatni olib borib, ekstremizm va terrorizmning umumiy tahdidlariga qarshi kurashishda barcha davlatlar bilan teng huquqli va oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun ochiqdir", - deyiladi milliy strategiya matnida.
Soʻnggi 4 yil davomida ekstremizm va terrorizmga aloqadorligi sababli ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlib, tuzalish yoʻliga oʻtgan 2 ming nafardan ortiq shaxslar afv etildi va 1,5 mingdan ziyod shaxslar jazoni oʻtash joylaridan ozod qilindi.
2017-2018 yillarda radikal diniy oqimlarning tarafdorlari deb hisoblangan yoki ularning taʼsiri ostiga tushib qolgan 20 ming nafardan ortiq shaxslar huquqni muhofaza qilish idoralari hisobidan chiqarilgan.
2019-2021 yillarda "Mehr" dasturi doirasida Afgʻoniston, Suriya va Iroqda xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga adashib qoʻshilib qolgan 400 nafar xotin-qizlar va bolalar Oʻzbekistonga qaytarilib, ularning ijtimoiy moslashuvi va reintegratsiyasi uchun har tomonlama yordam koʻrsatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala