Sport

“Barselona” akademiyasi murabbiyi Toshkentga keldi

© Press-slujba NOK UzbekistanaV Tashkent pribыl trener futbolnoy akademii "Barselona"
V Tashkent pribыl trener futbolnoy akademii Barselona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Tajribali mutaxassis Oʻzbekistonning turli hududlaridan kelgan futbol maktablari murabbiylariga seminar mashgʻulotlarini oʻtib berdi.
TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. “Barselona” akademiyasi murabbiyi David Sanches mahorat darslarini oʻtib berish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Tajribali mutaxassis OʻFA majlislar zalida respublikaning turli hududlaridan kelgan futbol maktablari murabbiylariga seminar mashgʻulotlarini oʻtib berdi. Oʻquv-mashgʻuloti murabbiylar bilan ochiq savol-javob shaklida oʻtkazildi.
Igroki FK Atletiko Madrid - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2021
Sport
“Atletiko Madrid” Toshkentda oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishi kutilmoqda
Maʼlum qilinishicha, hamkorlik doirasida JFL-futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining Ispaniyada tashkil etiladigan futbol akademiyalari oʻrtasidagi nufuzli musobaqada ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ispaniyada tashkil etiladigan yigʻinlarda “Barselona” yoshlar jamoalari bilan nazorat oʻyinlari oʻtkazish ham reja qilinmoqda.
Seminar davomida David Sanches yosh futbol murabbiylariga oʻzining foydali tavsiyalarini berib oʻtdi va ularga oʻzi ishlab chiqqan futbol metodologiyasini prezentatsiya shaklida namoyish etdi.
Tadbir yakunida MOQ raisining birinchi oʻrinbosari, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ispaniyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, muntazam hamkorlikka va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishga taklif etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala