Lavrov Afg‘onistonga qo‘shin kiritilishi haqida bayonot qildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Obuna bo‘lish
AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini chiqarib, bu bilan o‘z missiyasi mag‘lubiyatga yuz tutganini tan olmoqda, deydi Rossiya Tashqi ishlar vaziri
TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarni deyarli o‘z mag‘lubiyatini tan olgan holda chiqarmoqda, deb bayonot qildi RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Uzoqsharq federal universitetida chiqishi davomida..
Rossiya tashqi ishlar vaziri Afg‘onistonga qo‘shin kiritilishi haqidagi savolga javob berar ekan, "O‘ylaymanki, javob ayon", deya ta’kidladi.
Lavrovga ko‘ra, AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini shunchaki chiqarib ketayotgani yo‘q - u qo‘shinlarni o‘z missiyasi mag‘lubiyatga yuz tutganini tan olgan holda chiqarmoqda.
Sovmestnie ucheniya s KSOR ODKB Vzaimodeystvie-2019 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Ertaga urush bo‘lsa: ODKB operguruhi tojik-afg‘on chegarasida ishlamoqda
Shu bilan birga, TIV rahbari amerika kontingenti chiqarilishi fonida Afg‘onistonda teraktlar xavfi oshayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu afg‘on hukumatining oldinroq bo‘lgan kelishuvga ko‘ra, muvaqqat hukumatni shakllantirishni istamasligi bilan bog‘liq. Qolaversa, Vashington ushbu mamlakatda vaziyatga kuch bilan yechim topish imkoniyatini qoldirmoqda.
Lavrov shuningdek, agar Afg‘onistondan jangarilar hujumga o‘tadigan bo‘lsa, ODKB Tojikistonga zudlik bilan yordam ko‘rsatish imkoniyatini ko‘rib chiqishi haqida ham ma’lum qildi.
Sal avval Rossiya TIV rahbari Afg‘onistonda vaziyat katta tezlikda yomonlashayotgani haqida xabar bergan edi. Moskva ODKB bo‘yicha ittifoqchilarga qarshi har qanday tajovuzkorlikning oldini olish uchun qo‘lidan kelgan barcha harakatlarni amalga oshiradi, jumladan, tojik-afg‘on chegarasida o‘z harbiy bazasini ishga soladi, deya ta’kidladi vazir.
Ilgariroq AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarning 90 %ini chiqarilgani haqida e’lon qilgan edi. Qo‘shinlarni chiqarish avgust oyi oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0