Kolumnistlar

Vladimir Menshov bizga nimalarni oʻrgatdi

© Sputnik / Ramil SitdikovVladimir Valentinovich Menshov (1939 - 2021 gg.)
Vladimir Valentinovich Menshov (1939 - 2021 gg.) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Bugun Rossiya Vladimir Menshov bilan vidolashmoqda.
“Rozыgrыsh” (“Oʻyin”) uning kinorejissuradagi debyuti boʻldi. Unda asosiy qahramonlar oʻninchi sinf oʻquvchilari Igor Grushko va Oleg Komarovskiy bahslashib, insonnini kuchi nimada ekaniga oydinlik kiritishadi.
Kuch haqiqat va adolat tomonida ekan. Halollikni baxt-saodatdan muhimroq deb hisoblagan Grushko unga nima aziz ekanini himoya qilishga bel bogʻlaydi.
Menshov, koʻpchilik aytganidek, bosh rol ijrochisini uzoq izladi. Uyum-uyum suratlarni qayta-qayta koʻrib chiqdi. Natijada koʻk koʻzli qishloqlik oʻsmirni tanladi.
Menshov bu yigitchada oʻziga oʻxshash to qabul qilinmagunicha, aktyorlik fakultetiga kamida toʻrt marta hujjat topshirgan parishon (lekin oʻjar ham) yigitni koʻrdikmikan?
Tvorcheskaya vstrecha s V. Menshovыm k yego 80-letnemu yubileyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Rossiya
“Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi” filmi rejissyori endi yoʻq: Vladimir Menshov vafot etdi
Menshov Rozыgrыsh”ni suratga olishga kirishganda, allaqachon besh rolni ijro etib boʻlgandi. Har qanday yorqin isteʼdod sohibi singari u oʻzi haqida soʻzlab berishni istardi.
Aniqrogʻi, oʻzi haqida emas, balki u, Menshov muhim deb hisoblagan narsani. Menshov uchun esa asosiysi ezgulik edi. Bu Grushko haqiqat va halollikni mushtlari bilan himoya qilganda, yoki “Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi”dagi Katya Tixomirovaning taqdiri oʻzgarishida.
U “zolushka” boʻlgani uchun emas, balki hayot, Menshovga koʻra, adolatli boʻlmasligi mumkin.
Flober madam Bovari haqidagi gapirayotib, taʼkidlagandek, “Emma – bu men”, ehtimol, yana katta asos bilan Vladimir Menshov ayta olardi – “Katya – bu men”. U uning qahramoni singari qon va koʻngilda azob chekib, ham ijodiy, ham hayotiy muvaffaqiyat sari borardi.
U Katya Tixomirova kabi aql-hushini yigʻishtirib, xom xayollardan voz kechardi. Bu uning boʻlishi.
Aynan shuning uchun xulq-atvorning tashqi koʻrinishi shunchalik aniq-ki, zero Menshov oʻzi haqida soʻzlab berardi.
Belinskiyning “Yevgeniy Onegin” haqidagi taʼrifini boshqacha qilib aytilsa, “Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi” bugungi kunda sovet hayotining entsiklopediyasi sifatida qabul qilinadi.
U yerda hammasi bor: ham taʼlim, ham bilimga boʻlgan qiziqishimiz, sadoqatga intilishimiz, hamisha adolat izlashimiz va unga erishishimiz, shinam uy xonadoniga boʻlgan maylimiz va irodamiz va tavakkaliga va jonni ayamasdan hammasini yangitdan boshlay olishimiz.
Maftun aylaguvchi samimiylik va noziklik – bu ham bizga xos, bu biz suyangan doʻst yoki dugonaning yelkasi, koʻmak, tabiiy xulq-atvor. Asosiysi esa ham baxtiyor, ham qaygʻuli onlarimiz bilan boʻlisha olishimiz.
Vladimir Menshov s suprugoy Veroy Alentovoy na tseremonii zakladki imennoy plitы rejissera na Alleye zvezd kino v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Foto
Alvido, afsona! Vladimir Menshov - Toshkentga tashrif va muxlislar qalbidan joy olgan kino
Bu madaniy jihatlar Menshov tomonidan shunchalik chin koʻngildan ishonchli singdirilgan, tikilgan, payvandlangan ediki, hatto dimogʻdor amerikalik kinoakademiklar buning oldida ip eshisholmadi.
“Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi” filmi “yilning xorijiy tildagi eng yaxshi filmi” nominatsiyasida “Oskar”ga loyiq topildi.
“Qor bilan yuqagina qoplangan, barglar bilan afsun qilingan, yoʻlovchiga samimiylik topadi, daraxtga esa zamin”.
Bu nafaqat Moskva, balki butun Rossiya haqida.
Film dunyo yuzini koʻrganidan oʻn yil oʻtib ham boshqa qadriyatlar, ham boshqa soʻzlar fursati keldi.
Samimiylik yoʻqoldi, daraxtni kesib tashlashdi, maftun aylaguvchi yerni hisob-kitob va pragmatiklik egalladi.
Halollik botirlik deb hisoblangan dunyo barbod boʻldi.
Faqat yana oʻn yil oʻtib, juda jurʼatsizlik, deyarli shivirlash bilan yangi umidlarning poyalari paydo boʻldi.
Avvaliga nima boʻlgan boʻlishiga qaramay, gʻam-anduh yengillashdi, umid qaytdi. Bari Menshov tomonidan oldindan bashorat qilingandek edi: “Hayot endi boshlanmoqda”, - deya 40 yoshli Katya hammasini boy bergan oshigʻiga dars beradi.
Mana shular uchun sizga, Vladimir Valentinovich, sekin va minnatdorchilik bilan taʼzim qilamiz, chuqur gʻaygʻudamiz, biroq, filmlaringizdan oʻrgangan oʻziga ishonish va adolatni himoya qilish bilan koʻz yoshimizni artib, ishonishda davom etamiz.
Muhabbatga.
Qolganlari boʻlaveradi.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala