Siyosat

Lavrov xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Toshkentga keladi

© MID RFMinistr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Lavrov xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Toshkentga keladi.
TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Toshkentda 15-16 iyul kunlari boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” anjumanida ishtirok etadi.
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Siyosat
Markaziy va Janubiy Osiyo anjumanida kimlar ishtirok etishi maʼlum boʻldi
Anjumanda Oʻzbekiston prezidenti, Afgʻoniston prezidenti, Pokiston bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boshqa xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institut va kompaniyalar, yetakchi ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlarning rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 16 iyul kuni Rossiya, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston tashqi ishlar vazirlari Toshkentda mintaqadagi xavfsizlik, Afgʻonistondagi vaziyat va Markaziy Osiyoda narkotik moddalar savdosi va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qilishlari kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala