Diniy ta’lim faqat malakali mutaxassis tomonidan berilishi mumkin

© Sputnik / Abzal KaliyevV rukax u Aniyash apa Koran
V rukax u Aniyash apa Koran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2021
Obuna bo‘lish
AOKAda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilshod Eshnayev, adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Akmal Saidov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi” qonun muhokamasi davomida yangi qonunda Diniy ta’limning professional maqomi rasman e’tirof etilgani alohida aytib o‘tildi.
Diniy ta’limning professional maqomi rasman e’tirof etildi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, dunyoviy ta’lim olish huquqi ta’minlanishi qayd etildi.
Har qanday shaxsning “o‘zicha” aholiga diniy ta’lim berishi – noan’anaviy aqidalarning tarqalishiga, mutaxassis bo‘lmagan shaxslar tomonidan sof diniy masalalar bo‘yicha biroqlama tushunchalar berilishiga olib keladi, - deb tushintirishdi mutaxassislar.
Bu esa jamiyatda diniy masalalar bilan bog‘liq ixtiloflar kelib chiqishiga, aholining yot g‘oya va qarashlar ta’siriga tushishiga sabab bo‘ladi. Shu maqsadda, diniy ta’lim muassasasidan tashqarida diniy ta’lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi.
Qonuniy diniy ta’lim olish uchun O‘zbekistonda yetarli 10 dan ortiq madrasalar, 3ta oliy o‘quv yurti bor. Yaqinda Buxoroda Mir Arab madrasasi ish boshladi. Undan tashqari Samarqand viloyatida hadislar maktabi, Termiz at-Termiziy diniy maktablari ish boshlagan.
Muftiy Uzbekistana Usmonxon Alimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Vijdon erkinligi to‘g‘risidagi qonun eng yangi xalqaro standartlarga javob beradi – muftiy
Shuningdek O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turli shakllarda rasman chop etilayotgan diniy adabiyotlar soni juda ko‘p. Ular orqali ham ekspertizadan o‘tgan diniy ma’lumotlari va u yoki bu amalning tartib tamoyillarini o‘rganish mumkin.
Undan tashqari matbuot anjumanida O‘zbekiston Musulmolar idorasining rasmiy muslim.uz saytida berilayotgan materiallar, ularning onlayn telekanali orqali tarqatilayotgan onlayn diniy darslardan ham bemalol foydalanish mumkinligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Yangiliklar lentasi
0