Jamiyat

Maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar elektron yuritiladi

Ruki na klaviature - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror “E-ma’muriy ish” tizimi orqali elektron hujjat shaklida chiqariladi.
TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. “Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi (“E-ma’muriy ish” tizimi) orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi boʻyicha nizom tasdiqlandi.
Unga koʻra, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organlar tomonidan tekshirish, zarur maʼlumotlarni olish hamda ulardan foydalanish “E-ma’muriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi. Ichki ishlar vazirligi “E-ma’muriy ish” tizimini tashkil etish, uning sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha masʼul organ etib belgilandi.
Molotok  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2021
Jamiyat
Endi maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni jinoyat ishlari boʻyicha sudlar koʻradi
Qarorga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga hamda protsessning boshqa ishtirokchilariga (jabrlanuvchi, guvoh, xolislar va boshqa ishtirokchilarga) ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida elektron xabarnoma yuborish mexanizmi ishlab chiqiladi.
2021 yil 1 sentyabrgacha sud qarori bilan yoki boshqa sabablarga koʻra bekor qilingan maʼmuriy jarimalarni yoki kamaytirilgan jarimaning farqi summasini avtomatlashtirilgan tarzda fuqarolarga qaytarish mexanizmi yaratiladi.
Nizomga koʻra, quyidagilar maʼmuriy ishlarni yuritishda hisobga olish elektron hujjatlari hisoblanadi:
maʼmuriy bayonnoma;
maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror.
Maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror “E-ma’muriy ish” tizimi orqali elektron hujjat shaklida chiqariladi hamda ijro etish uchun huquqbuzarga yetkazib beriladi.
Huquqbuzar unga maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etiladi.
Shuningdek, avtomototransportlarni jarima maydonchalariga qoʻyish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori asosida “E-ma’muriy ish” tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Agar maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab 3 oy davomida ijro etishga qaratilmagan boʻlsa, bunday qaror ijro etilmaydi.
Maʼmuriy ishlarni yuritishda qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati “E-ma’muriy ish” tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala