Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

AQSH toliblarning Afgʻonistondagi hujumlaridan tashvish bildirdi

© Sputnik Gosudarstvennыy departament SSHA
 Gosudarstvennыy departament SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Afgʻonistonda zoʻravonlik juda yuqori darajada qolmoqda, deb bayonot bermoqda Pentagon
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. AQSH Afgʻonistondagi zoʻravonlik tobora kuchayib borayotganini kuzatib bormoqda, dedi Fox News telekanaliga bergan intervyusida Pentagon matbuot-kotibi Jon Kirbi.
"Biz (AQSH - tah.) xavfsizlik sohasidagi vaziyat yomonlashayotgani, zoʻravonlik darajasi ortayotgani va Afgʻonistonda "Tolibon" (Rossiyada taqiqlangan radikal harakat) hujumlarini chuqur tashvish bilan kuzatmoqdamiz", - dedi u.
Kirbining soʻzlariga koʻra, Afgʻonistondagi zoʻravonlik juda yuqori darajada.
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qoʻyilmasligi kerak –Asadov
U shuningdek, AQSH hukumati afgʻonistonlik sheriklar bilan ishlayotganini, ularni "mavjud imkoniyatlardan foydalanishga undayotganini" qayd etdi.
Ayni vaqtda Afgʻonistonda hukumat kuchlari va qishloq hududlarda aksariyat tumanlarni egallab olib, katta shaharlarga hujumga oʻtgan toliblar oʻrtasida qarama-qarshilik davom etmoqda.
Vaziyat amerika qoʻshinlari chiqarilishi fonida yanada avj oldi. Vashington 11 sentyabrga qadar qadar oʻz kontingentini toʻliq chiqarish vaʼdasini bergan.
Toʻrtta chegara hududlarida bir necha haftadirki hukumat va toliblar oʻrtasida ayovsiz janglar kechmoqda.
Jangarilar Badaxshon provintsiyasining 28ta tumanlaridan 18tasini egallab olgan. May oyidan buyon umumiy hisobda ular 150dan ortiq tumanlarda nazorat oʻrnatishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala