Sport

Rossiyalik bloger Eldor Shomurodov bilan Jarqoʻrgʻonda katta intervyu uyushtirdi

© Genoa CFCEldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Rossiyalik bloger Yevgeniy Savin Oʻzbekiston milliy jamoasi va Italiyaning "Jenoa" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov haqida katta koʻrsatuv suratga oldi.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Rossiyalik sobiq futbolchi, YouTube᾽dagi “KraSava” kanali boshlovchisi Yevgeniy Savin Oʻzbekiston terma jamoasi va “Jenoa” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov bilan katta intervyu uyushtirdi.
Buning uchun u Oʻzbekistonga, xususan, Eldor Shomurodov oʻsib-ulgʻaygan Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumaniga keldi.
Shomurodov rossiyalik blogerni oʻz uyiga taklif qilgan. Eldor futbolchilik faoliyatida qoʻlga kiritgan shaxsiy sovrinlari jamlanmasini koʻrsatgan.
Suhbat davomida Savin Shomurodovdan “Roma”ning qiziqishi haqida soʻragan. Futbolchi esa bundan bexabarligini bildirgan.
Eldor Shomurodov posle zabitogo myacha v vorota Latsio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Analitika
Eldor Shomurodov jamoasini oʻzgartirishi mumkin: “Yuventus”, “Roma” yoki “Milan”
Futbolchi “Nega terma jamoa hech qachon jahon chempionatiga chiqmagan? Nima yetishmaydi”? degan savoliga quyidagi javob berdi: Tajribali futbolchilar, yaxshi chempionatlarda oʻynaydigan futbolchilar koʻp boʻlishi kerak. Kuchli chempionatda oʻynasangiz, tajriba ortib boradi va futbolchi sifatida oʻsasiz. Oʻshanda hammasi oʻxshaydi. Bunga vaqt kerak. Futbolchilarda ham oʻziga boʻlgan ishonch oshib bormoqda”.
Koʻrsatuv davomida Shomurodov bolaligida paxta tergani va bozorda ishlagani haqida hikoya qilib bergan: “Bolaligimizda paxta terardik, hamma terardi. U vaqtda paxta ogʻirroq boʻlsin deb ichiga tosh ham tashlardik. Ha, bozorda ham ishlaganman. Ota-onamga yordam berardim. Oziq-ovqat sotardik. Bozorda ishlaydiganlar meni eslab qolgan boʻlsa kerak”.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala