Siyosat

Toshkentdagi xalqaro anjumanda 600 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPloщad Drujbы narodov
Ploщad Drujbы narodov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Toshkentda 15—16 iyul kunlari oʻtkaziladigan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdid va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferentsiyada olti yuzdan ortiq ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing chogʻida maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning soʻzlariga koʻra, 15-16 iyul kunlari Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gani rasmiy tashrif bilan, Pokiston bosh vaziri Imron Xon xalqaro konferentsiya doirasida amaliy tashrif bilan mamlakatda boʻladi.
Ushbu konferentsiyada Afgʻoniston va Pokiston prezidentlari, shuningdek, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik sisati boʻyicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Jozep Borrel, 20 dan ziyod mamlakat tashqi ishlar vazirlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Ishtirokchilarning umumiy soni 600 dan ortiq.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Siyosat
“Markaziy va Janubiy Osiyo”: Asadov muhokama qilinadigan uch asosiy mavzuni maʼlum qildi
Bundan tashqari, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokchilarga videomurojaat yoʻllashi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan konferentsiya Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi doʻstona aloqalar, ishonch va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan. Yalpi va shoʻʼba majlislarida mintaqaviy bogʻliqlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari, shu jumladan savdo va transport sohalaridagi hamkorlikning barqaror oʻsishni taʼminlashdagi oʻrni, madaniy-gumanitar aloqalarni qayta tiklash orqali doʻstlik va oʻzaro ishonchni mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi tahdid va xatarlar muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, davlat rahbari Afgʻoniston prezidenti, Pokiston bosh vaziri, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy idorasi rahbari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala