Dunyoda

Afgʻonistonda "Tolibon" razvedkasi rahbari oʻldirildi

© AFP / JOHN D MCHUGHVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Soʻnggi sutka davomida Afgʻoniston hukumat qoʻshinlari tomonidan 271 nafar toliblar oʻldirildi
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Afgʻonistonning Logar provintsiyasi Muhammad Ogahiy tumanida respublika xavfsizlik kuchlari xodimlari tomonidan Rossiyada taʼqiqlangan "Tolibon" radikal harakati razvedkasi rahbari - Kari Shagasi yoʻq qilindi.
Bu haqda Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Undan tashqari, Shagasining ikkita sherigi ham qoʻlga olingan.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2021
Analitika
"Tolibon"* - 2021: uyushmami yoki allaqachon davlat?
Iyul oyi boshida toliblar Afgʻonistonning Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston va boshqa qoʻshni davlatlar bilan chegarada joylashgan hududlarini qoʻlga olgan edi.
Respublika QK qoʻmondoni general Vali Muhammad Axmadzoyning soʻzlariga koʻra, hozirda hukumat qoʻshinlarining ustuvor vazifasi - jangarilardan yirik shaharlar, yoʻllar, chegara oʻtish qismlari va shosselarni himoya qilishdir.
Afgʻoniston Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi sutka davomida toʻqnashuvlar davomida 271 nafar tolib halok boʻlgan, yana 162 nafar jangari yaralangan.
Qarama-qarshi janglar Nangarxar, Maydan Vardak, Xost, Qandahor, Farax, Hirot va boshqa provintsiyalarda avj olgan.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* yana bir chegara punktini egallab oldi
Kuch tuzilmalari Tohar provintsiyasi maʼmuriy markazi boʻlgan Talukan shahri bosib olinishiga qarshilik koʻrsatishga muvaffaq boʻlganlar. Operatsiya davomida 14 nafar jangari oʻldirilgan, 15 nafari jarohatlangan.
Afgʻonistondan AQSH va NATO qoʻshinlari chiqarilishi fonida toliblar faolligi yana faollashdi. Jangarilar nihoyatda katta tezlikda mamlakat hududlarini bosib olishni boshlab yubordi.
Toliblarning chegaralarga yaqinlashib kelishi Markaziy Osiyo mamlakatlari va ularning ittifoqdoshlari hukumatlarini tashvishga solmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala