Analitika

"Tolibon"* - 2021: uyushmami yoki allaqachon davlat?

© AP Photo / Rahmat GulVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2021
"Tolibon"* harbiy-diniy harakati AQSH boshchiligidagi koalitsiyani Afgʻonistondan qoʻshinlarni toʻliq olib chiqib ketishga majbur etdi.
Bugun toliblar mamlakatda hokimiyatni egallab olishga intilmoqda - ular hukumat kuchlari bilan shiddatli janglar olib borib, aksariyat provintsiyalar ustidan nazorat oʻrnatishgan. Shu bilan bir vaqtning oʻzida terrorchilik uyushmasi xalqaro sahnada legitimlik(qonuniylik)ni qoʻlga kiritishga harakat qilmoqda.
Toliblar delegatsiyasi 8 iyuldan boshlab Moskvadagi muzokaralarda ishtirok etmoqda. Xuddi shu vaqtning oʻzida general-polkovnik Anatoliy Sidorov rahbarligidagi KXSHT tezkor guruhi bevosita tojik-afgʻon chegarasida rekognostsirovkani (ehtimoliy jang oldidan hududning koʻzdan kechirilishi) oʻtkazdi, Rossiya TIV esa Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi vaziyat oʻtkir tus olgudek boʻlsa, shiddatli harakatni boshlash uchun barcha zarur narsalarga egaligi haqida bayonot berdi. Podmoskovyeda 9 iyul kuni chet el fuqarosi - teraktni rejalashtirgan ID* jangarisi qoʻlga olindi. Paradoksal tarzda bu voqealarning barchasi bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqdir.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* yana bir chegara punktini egallab oldi
Shayx Shahobuddin Delavar boshchiligidagi toʻrt kishidan iborat "Tolibon"* delegatsiyasi Rossiya tomoni bilan Afgʻonistondagi joriy vaziyatni muhokama qilish uchun Moskvaga yetib keldi. Fikr almashinuvi boʻlib oʻtdi va Rossiya Islom Respublikasi shimolida avj olgan vaziyatdan xavotir bildirdi. Sakkizinchi iyul kuni harakat rasmiy vakili Muhammad Sohayl Shaxin toliblar Afgʻoniston hududidan Rossiya va qoʻshni davlatlarga qarshi foydalanishga yoʻl qoʻymasliklari haqida bayonot berdi. Moskva "Tolibon"* harakati tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari chegaralari buzilmasligi va Afgʻoniston hududidagi xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari xavfsizligi kafolatlanishi haqida vaʼdalarni oldi.
Shu bilan birga, 8 iyulga kelib xorijiy qoʻshinlarni mamlakatdan olib chiqish ishlari deyarli yakunlandi, Afgʻonistonda Qobuldagi AQSH elchixonasini qoʻriqlayotgan taxminan 600 ga yaqin AQSH dengiz piyoda askarlari qoldi. AQSH prezidenti Jo Bayden radikal "Tolibon"* 2001 yildan beri harbiy jihatdan eng qudratli kuchga aylangani haqida bayonot qildi (Pentagonning 20 yillik harbiy harakatlari natijasi shu ekani aniq). Harakatning Kobuldagi amaldagi hukumat bilan tinchlik muzokaralari haqida (2020 yil 29 fevralda Dohada AQSH va Tolibon * oʻrtasida tuzilgan kelishuvga binoan) soʻnggi kunlarda eslash taqiqlangan.
Afganistan v ogne: zaxvatyat li talibы Pandjsherskoye uщelye i vsyu stranu?
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Video
“Tolibon”* Panjshir darasini va butun mamlakatni egallab oladimi?
Toliblar AIR hududining 70 foizga yaqinini, jumladan chegara oldidagi shimoliy tumanlarni nazorat qilishmoqda va bugun mamlakatning aholi soni boʻyicha eng yirik shahri hisoblangan janubiy shahar - Qandahorga kirib borishdi. Koalitsiya mamlakatni tark etgach, harakat gʻalabasi yaqin va muqarrardir, bu toliblar siyosiy ofisining "yaxshi niyatlari"ga qaramay qoʻshni davlatlarga yangi turbulentlik davrini vaʼda qilmoqda.

Chegara holati

KXSHT Birlashgan shtabining tezkor guruhi general-polkovnik Anatoliy Sidorov rahbarligida Moskvadan Tojikistonga yetib bordi va vertolet bortidan hamda yerning oʻzida tojik-afgʻon chegarasining havotirli uchastkalaridagi vaziyatni oʻrganmoqda (bu uchastkalarning 900dan ortiq kilometri janubdan toliblar tomonidan nazorat qilinadi). "Kalay-Xumb", Afgʻoniston hukumat armiyasi harbiy xizmatchilarining eng koʻp ommaviy oʻtadigan tumaniga ayniqsa katta eʼtibor qaratilgan.
Sovmestnыe ucheniya s KSOR ODKB Vzaimodeystviye-2019 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Kolumnistlar
Ertaga urush boʻlsa: ODKB operguruhi tojik-afgʻon chegarasida ishlamoqda
KXSHT matbuot-xizmatining Sputnik agentligiga bergan xabariga koʻra, general-polkovnik Anatoliy Sidorov Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining tojik-afgʻon chegarasida xavfsizlikni taʼminlashga doir tayyorgarligini yuqori baholagan. Tezkor guruh KXSHT formatida birgalikdagi choralar boʻyicha takliflarni tayyorlamoqda. Shu bilan birga Moskva ittifoqdoshlarga nisbatan tajovuzkor harakatlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegarasida 201-Rossiya harbiy bazasi kuchlaridan foydalanishi mumkin.
KXSHTning ehtiyot choralari tahdidlarga mos keladi. Tinchliksevar tashqi siyosiy bayonotlarga qaramay, "Tolibon"* "ID"* va "Al-Qoida"* bilan munosabatlarni uzmayapti. Afgʻoniston hududida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga qoʻshni davlatlarga tahdid soladigan oʻziga xos "uchlik ittifoqi" (yoki simbioz) mavjud. Toliblarning shimoliy viloyatlar - Tojikiston, Oʻzbekiston va Turkmaniston chegaralari boʻylab faolligi - oʻz faoliyatlari(ekspansiya)da hech qanday chegaralarni tan olmaydigan boshqa oʻttizga yaqin terrorchilik uyushmalari uchun qulay zamin yaratmoqda. Taʼkidlash joizki, Rossiyaning turli regionlarida ID* jangarilari muntazam ravishda zararsizlantiriladi.
Mejafganskiye peregovorы nachalis v Katare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Dunyoda
Tolibon* Moskvada MO davlatlari chegarasidan oʻtmaslikka vaʼda berdi
Moskvada Tolibon Afgʻonistonning "butun hududida hukmronlik qilish" maqsadini qoʻymasligini va muloqot orqali "mustaqil va erkin Islom davlati tizimini" yaratishga tayyor ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, "Tolibon"* saylovlarni mohiyatan asos qilib boʻlmaydigan deb hisoblaydi va ilohiyotchilar bilimlariga asoslangan tamoyillarga tayangan kuchli va barqaror "sof islom hukumati"ni tashkil toptirish tarafdoridir. Toliblar boshqa hech qanday tizimni qabul qilmasliklarini taʼkidlashmoqda.
Radikal islomga eʼtiqod qilar ekan, "Tolibon"* butun Afgʻonistonni - qatʼiy diniy tamoyillar asosida boshqariladigan amirlikka aylantirishga intilmoqda. Shu jumladan, erkaklar uchun soqol, ayollar uchun paranji, maktablar faqat oʻgʻil bolalar uchun, kichik huquqbuzarliklar uchun oyoq-qoʻllarni kesib tashlash, "Tolibon" qonunlarini qoʻpol ravishda buzganlik uchun qatllarni majburiy joriy etish harakatida, dunyoviy radio, televideniye, kino va teatrlarga toʻliq taqiq qoʻyilishi haqida-ku gapirmasa ham boʻladi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2020
Dunyoda
Afgʻon qiz ota-onasini oʻldirgan ikki nafar “Tolibon”* jangarisini otib tashladi
Esimda, Afgʻonistonga ish safariga borganimda, Qobulda ishlaydigan ozgʻindan kelgan oʻqituvchi ayol toliblar qanday qilib 1996 yilda hokimiyat tepasiga kelgani, universitetga bostirib kirib, uni va boshqa hamkasblarini - ular rus tilidan saboq berishayotgani uchun shafqatsizlarcha kaltaklashgani haqida soʻzlab bergan edi. Qobulni yangitdan egallab olgach esa, jangarilar "qurolni yerga sanchib qoʻyib", shudgor qilish, ekin ekish, qurilish ishlari, xullas, yaxshilik va ezgulik targʻiboti bilan shugʻullanishlariga gumon qilasan kishi. Toliblar chorak asr davomida raqiblarini avtomatlardan oʻqqa tutib kelishadi va vatandoshlar bilan tortishuvlarda boshqacha dalillarni allaqachon unutishgan.
Shubhasiz, ushbu shafqatsiz (oʻrta asr) hukumat afgʻon zaminida butun boshli bazalar va oʻquv lagerlari bilan "Al-Qoida"ga yaqin bir tizimni "jonlantiradi". Raqib ID* tuzilmasi ham Afgʻonistondagi taʼsirini kengaytiradi, bu esa turli mamlakatlardagi yangi terrorchilar uchun "magnit" vazifasini oʻtaydi.
"Tolibon"* bilan tuzilgan har qanday tinchlik shartnomasi yoki "tajovuz qilmaslik haqida pakt" hech kimga xavfsizlikni kafolatlamaydi, aksincha, bu katta muammolarni vaʼda qiladi. Sharq - bu Sharq. Bugunni yaxshiroq anglash va Afgʻoniston hamda uning qoʻshnilari kelajagini bashorat qilish uchun "shogirdlar" aʼzo boʻlgan tashkilotlarning oʻtmishiga nazar solish kerak.

Gʻarb taslim boʻldi, Sharq asirlarni olmayapti

Yaqin vaqtlarga qadar "Tolibon"* Afgʻoniston hududining yarmidan koʻprogʻini, 15 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan territoriyani nazorat qilardi. Bu provintsiyalarda rasmiy hokimiyat vakillari asosiy shaharlarda boʻlgan, "qalʼa devorlari" tashqarisidagi hudud esa toliblar va ularning ittifoqchilariga tegishli boʻlgan. "Oʻzlariga tegishli" yerlarda jangarilar soxta davlat tuzilmalarini tashkil etishar, shoshilinch sudlarni oʻtkazar hamda soliqlar va toʻlovlarni undirishardi. Nazorat ostida boʻlgan firmalar Afgʻonistonni rekonstruktsiya qilish uchun moʻljallangan Gʻarb mablagʻlaridan foydalanish imkoniga ega edi.
Kolumnistlar
Markaziy Osiyo “amerika” afgʻonlarini nima qilishi kerak?
Jangarilar ikki yil oldin hududining 80 foizini nazorat qilgan Gilmend provintsiyasidagi koʻknori plantatsiyalaridan ham katta mablagʻ kelib tushadi. Afyun xomashyosi toliblar daromadining 60% dan ortigʻini tashkil qiladi. Eslatib oʻtaman, "Tolibon"* 2010 yildan keyin dala qoʻmondonlariga geroin ishlab chiqarish va sotishga ruxsat bergan. Yigʻilgan mablagʻ qurol sotib olish uchun hamda oʻqchi jangchilar ehtiyojlariga sarflanardi. Gumanitar soha esa - Qobulga tashlab qoʻyilgan edi.
Mamlakat hududidagi jangovar harakatlar va terraktlar aniq "mavsumiy" xarakterga ega edi. 2021 yil bahorida xorijiy qoʻshinlarning chiqarilishi "Tolibon"ning "ikkinchi nafasini" ochib yubordi, aksariyat provintsiyalarda shiddatli janglar boshlandi va bu janglardan maqsad - hukumat kuchlarini butunlay yoʻq qilish edi. Amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan vatandoshlarni esa shunchaki qatl etishadi (bu borada "Tolibon"* va ID* oʻrtasidagi farq unchalik katta emas).
"Yangi toliblar" - 1990-yillarning fanat talabalari emas, balki ulkan jangovar tajribaga ega boʻlgan, yaxshi jihozlangan professionallar otryadlaridir. Zamonaviy qurol-yarogʻ, tungi koʻrish moslamalari, artilleriya olovini lazerli boshqarish tizimlari va yengil minomyotlarga oʻn millionlab dollar sarmoya tikilgan. Xorijdan harbiy instruktorlar yollanadi. Toliblar Afgʻoniston hududida muntazam ravishda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun kamida 16 ta maxsus ixtisoslashgan oʻquv bazalariga ega.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2020
Kolumnistlar
Afgʻon qozoni qaynamoqda: Amerikaliklar ketmoqda, tolibon qurollanmoqda
Bugungi kunda jangarilar dron ishlab chiqarishni ham yoʻlga qoʻygan. Harakat ogʻir zirhli texnika va shturm aviatsiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan muntazam boʻlinmalarga qarshi murakkab operatsiyalarni amalga oshirishga qodir. Boshqaruv vertikali, markazlashtirilgan harbiy rahbariyat, ofitser kadrlar va texnik mutaxassislarni tayyorlash tizimi va yagona logistika yaratilgan.
NATO razvedkasi shunday taʼkidlagan: "Strategiya va taktika tahlili, puxta rejalashtirish va takomillashtirish, yaʼni yaxshi tashkil etilgan shtab ishi "Tolibon"da odatiy va keng tus olgan holatga aylandi". Bu professional armiya. Iyun-iyul oylarida koʻplab uyezdlar janglar natijasida emas, balki muzokaralardan soʻng toliblar qoʻliga oʻtgani bejizdan emas - hukumat kuchlari jang qilishni shunchaki xohlamaydilar. Shoshilinchda Bagram aviabazasida 30 ta tank, 50 ta zirhli texnika va 800 dan ortiq boshqa transport vositalarini tashlab ketgan amerikaliklar singari.
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Lavrov Afgʻonistonga qoʻshin kiritilishi haqida bayonot qildi
Obroʻli nemis nashri boʻlgan Die Zeit dan iqtibos: "Afgʻonistonda urush boshlanganidan 20 yil oʻtib AQSH boshchiligidagi Gʻarb taslim boʻldi". Ammo Afgʻoniston tarixi shu yerda yakun topmaydi. Gʻalaba hamisha yangi jasoratlarga ilhomlantiradi. Toliblar aynan qayerda toʻxtashadi, hech kimga maʼlum emas. "Islom amirligi" ekspansiyasi uchun shimoliy yoʻnalish ancha qulay boʻlishi mumkin. "Tolibon"* yetakchilari "imkoniyatlar yoʻlagi"ni aniqlashtirib, Tojikiston va Qirgʻiziston rahbariyatiga tashqi siyosiy maslahatlarni berishga harakat qilishmoqda, Janubiy Kavkazdagi arman-ozarbayjon mojarosida oʻzlarining shaxsiy pozitsiyalarini belgilashmoqda. Vaqt oʻtib "Tolibon"* Oʻzbekiston, Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham oʻzining anchagina tarafdorlarini topishi mumkin.
Agar 1990-yillarning ikkinchi yarmida toliblarni Afgʻoniston shimolida etnik oʻzbek Rashid Doʻstum va etnik tojik Ahmad Shoh Masudning boʻlinmalari toʻxtatgan boʻlsa (albatta Toshkent va Dushanbe koʻmagi bilan), endi esa xalqni birlashtiradigan yetakchilar va shaxslar yoʻq (Doʻstum yosh emas, yaralangan va chet elda davolanmoqda). KXSHT mamlakatlari, Eron, Pokiston va Xitoy ekspertlari tomonidan urushning radikal stsenariylari tahlil qilinmoqda.
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2020
Analitika
Qobul toliblar iskanjasida: Afgʻoniston MOda qanday qilib "tayanch nuqta"ni topa oladi
Ammo Qandahorga qaytamiz. Rasmiy versiyaga koʻra, bu yerda 1994 yilda sobiq mujohid mulla Muhammad Umar radikal kayfiyatdagi islomiy talabalarning kichik bir guruhi - "Allohning shogirdlari" ni toʻplab, ularni Islomni tozalash va mamlakatda xudoga yoqadigan hokimiyatni oʻrnatish yoʻlida jangga kirishishga chorlaydi. Ikki yil oʻtib, toliblar Qobulni egalladi. Koʻplab ekspertlar "mujohidlarga qarshi" harakatning bunchalik tez "koʻtarilishida" Pokiston maxsus xizmatlarining qoʻli bor deb bilishadi. Keyinchalik ham Pokiston hukumati oʻnlab yillar davomida toliblarni qurol bilan taʼminlagan boʻlsa, mablagʻni - Saudiya Arabistoni berib turdi. Albatta, ularning oʻz manfaati bor edi - Afgʻonistonni zaiflashtirish, oʻz taʼsirini kuchaytirish va Markaziy Osiyodagi postsovet mamlakatlardan tushadigan dividendlarni oshirish.
Bugungi kunda strategik va siyosiy qarorlarni "Tolibon"*ning 18 kishidan iborat (vazirlar, diplomatlar, gubernatorlar, harbiy qoʻmondonlar va diniy rahbarlar) maslahat kengashi qabul qiladi. Harbiy, madaniy, moliyaviy, maʼrifiy komissiyalar, shuningdek razvedka komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va sudlar komissiyasi taktika va amalga oshirish uchun masʼuldir. 2021-yil namunasidagi "Tolibon"* harakatining noaniq va shu bilan birga ehtimoliy tashqi nazorati Afgʻonistondagi mojaroning oldindan aytib boʻlmaydiganlik darajasini yanada kuchaytiradi.
* – Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala