Jamiyat

Mirziyoyev Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMechet Xazrati-Imom
Mechet Xazrati-Imom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi hujjatga imzo qoʻydi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi hujjatga imzo qoʻydi. Unga muvofiq, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 20 iyul kuniga toʻgʻri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olingan.
Prazdnichnыy namaz po sluchayu Kurban-xayita v mecheti Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Jamiyat
Qurbon hayit bayramida 3 kun dam olish kuni boʻladi
"Muborak Qurbon hayitining xalqimizga xos boʻlgan insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va oʻzaro hamjihatlik kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi muhim ahamiyatini eʼtiborga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni ulugʻlash maqsadida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 20 iyul – seshanbaga toʻgʻri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2021 yil 20 iyul kuni Qurbon hayiti bayrami etib belgilansin", deyilgan prezident qarorida.
Qaror bilan vazirlik va idoralar, hokimliklar hamda jamoat tashkilotlariga Qurbon hayitini karantin talablariga amal qilgan holda xalqimizning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oila davrasida oʻtkazish afzalligi haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala